Home / FOTO LAVHALAR / Targʻibotchilar – Jomboy va Bulungʻurda

Targʻibotchilar – Jomboy va Bulungʻurda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlaridan iborat targʻibot guruhlari 17 avgust kuni Samarqand viloyatining Jomboy va Bulungʻur tumanlarida ishladi.

“Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida Jomboydagi “Qangʻli” MFYda oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi Qayum Sobirov ham ishtirok etib, jaholatga yoʻgʻrilgan axborot xurujlari, ulardan koʻzlangan asosiy maqsadlar va yoshlarni bu kabi tahdidlardan asrash borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi:

– Har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo unga qarshi immunitet hosil qilish kerak. Shundan kelib chiqib, biz ham yoshlarimiz ongu shuurida turli tahdidlarga munosib javob qaytara oladigan mafkuraviy istehkom barpo etishimiz kerak, – dedi u.

   

Tadbirda ekstremizm va terrorizm, giyohvandlik va boshqa illatlarning ayanchli oqibatlari, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik masalalariga ham alohida urgʻu berildi.

   

Xuddi shunday tadbirlar tumandagi “Noʻsh”, “Ahmadjon Qurbonov”, “Juriyat”, “Toshkent”, “Tut” va “Eski Jomboy” MFYlarida ham oʻtkazildi.

   

Bulungʻur tumanidagi “Samarqand”, “Mingchinor”, “Fozil Yoʻldosh”, “Guliston”, “Kaftarxona”, “Navbahor” va “Ulugʻbek” MFYlarida targʻibotchilar komil inson va har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalashda gʻoyaviy boʻshliqqa yoʻl qoʻymaslik, vayronkor mafkura va axborot xurujlari taʼsiriga tushib qolmaslik uchun ilm egallash joizligi hayotiy misollar asosida tushuntirib berdi.

Viloyat tumanlarida targʻibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …