Nashrning ijodiy jamoasi Oʻzbekistonga safari davomida Samarqandda boʻlib, tarixiy qadamjolar, xususan yangi bunyod etilayotgan Imom al-Buxoriy majmuasi va masjidi haqida oʻquvchilar uchun turkum materillarni eʼlon qilmoqda, – deyiladi nashrda. –Imom Buxoriy dafn etilgan maqbara yonidagi masjid qurilishini yakunlash uchun oʻzbek quruvchilari kechayu kunduz mehnat qilayaptilar. Taʼkidlash kerakki, Imom Buxoriy islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan olimlardan biri hisoblanadi. Ushbu buyuk zot nomiga qurilayotgan masjid ellik ming kishini sigʻdira oladi va majmua kelgusi yilda foydalanishga topshiriladi».
Maqolada Imom Buxoriyning hayoti va faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilingan. Buxoriy hazratlari hijriy 194 yil shavvol oyining 13-kunida Buxoro shahrida tugʻilgan. “Al-Buxoriy yoshligidan Qurʼoni karimni yod oladi va koʻplab hadislarni oʻrganadi. Oʻn olti yoshida onasi va ukasi bilan hajga boradi. Ular bilan qaytishdan bosh tortib, hadis ilmini oʻrganish uchun Makkada qoladi. Keyinchalik Makkadan Madinaga koʻchib oʻtadi”, qayd etadi onlayn nashr.
Nashrda olim uzoq yillik safardan keyin ona vataniga qaytishga jazm etgani va Samarqand yaqinidagi Xartang qishlogʻidan qoʻnim topgani taʼkidlangan. Hijriy 256 yil Shavvol oyining birinchi kunida hadis ilmining buyuk namoyondasi olamdan oʻtdi. Al- Buxoriy ushbu qishloqda dafn etilgan, – deyiladi manbada.
Maqola xulosasida, “Imom Buxoriy bir qancha mashhur asarlar yozgan va ushbu kitoblar hozirgi kunga qadar qayta-qayta nashr qilib kelinmoqda. Uning eng mashhur asari «Sahihi al-Buxoriy” hadis ilmini oʻrganish boʻyicha muhim manba hisoblanadi. Unda olti yuz mingga yaqin sahih hadislar keltirilgan», – deb yozadi «Swift News».