Home / MAQOLALAR / SHU BOLA QACHON HUZURIMGA KIRSA SAROSIMAGA TUSHAMAN…

SHU BOLA QACHON HUZURIMGA KIRSA SAROSIMAGA TUSHAMAN…

Abu Jaʼfar Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: “Doʻstlarimdan biri: “Muhammad ibn Salomning huzurlarida edim. Muhammad ibn Ismoil kirib keldilar. Chiqib ketganlaridan soʻng Muhammad ibn Salom: “Shu bola qachon huzurimga kirsa sarosimaga tushaman. Hadis va boshqa ilmlar menda chalkashib ketadi. Chiqib ketguniga qadar qoʻrqib turaman”, – dedilar”, deb aytdilar”.

   Abu Jaʼfar aytganlar: “Abu Umar Sulaym ibn Mujohidning: “Muhammad ibn Salom Paykandiyning yonlarida edim. Menga: “Agar oldinroq kelganingda yetmish ming hadisni yoddan biladigan bir bolakayni koʻrarding”, – dedilar. Uni izlab chiqdim. Hatto unga yetib oldim va: “Yetmish ming hadisni yod biladigan senmisan?” – deb soʻraganimda: “Ha. Undan ham koʻprogʻini bilaman. Agar biror hadisni sahoba yoki tobeʼindan rivoyat qilsam, albatta, ularning tugʻilgan, yashagan va vafot etgan joylarini ham bilaman. Sahoba yoki tobeʼinlardan rivoyat qilgan har bir hadisimning aslini Alloh kitobi va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatini yodlagandek yod bilaman”, – dedilar”, – deganlarini eshitdim”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

OʻZINGIZNI QATʼIYATLI BOʻLISHGA TAYYORLANG!

(Bir hadis sharhi) Dinimiz inson shaxsiyatini shakllantirishda aqlga tayanish, odamlarga koʻr-koʻrona taqlid qilmaslik, har bir …