Home / FOTO LAVHALAR / STIPЕNDIAT AMALIYOT NATIJALARIDAN MAMNUN

STIPЕNDIAT AMALIYOT NATIJALARIDAN MAMNUN

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindori, Marokashdagi Abdulmalik Saʼdiy universiteti professori, dr. Abdurahim Alamiy Markazdagi ilmiy amaliyot dasturi yakun topgani munosabati bilan direktor Shovosil Ziyodov huzurida boʻldi.

Muloqot davomida stipendiat amaliyot davomida erishgan natijalari haqida maʼlumot berib, ilmiy ishiga doir koʻplab manbalar ustida olib borgan tadqiqotlari samarasidan mamnuniyat bildirdi. 

Markaz rahbari xorijlik olimni amaliyot muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabriklab, kelgusida ham ilmiy hamkorlik davom etishiga umid bildirdi.

Suhbat chogʻida Markaz hamda Marokashdagi ilmiy muassasalar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish bilan bogʻliq qator tashkiliy masalalar muhokama etildi. Qoʻshma loyihalarni joriy etish, hali oʻrganilmagan manbalar tadqiqi, taʼlimning doktorantura bosqichida tadqiqotchilar almashuvi kabi koʻplab istiqbolli hamkorliklar barcha uchun birdek manfaatli boʻlishi taʼkidlandi.

Uchrashuv soʻngida dr. Abdurahim Alamiy oʻz muallifligida chop etgan kitoblar toʻplamini Markaz kutubxonasi uchun hadya etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Xalqaro tajriba – yangi tadqiqotlar uçun imkoniyat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Tohir Evadullayev va Hafizullo Boyqobilov ayni kunlarda Turkiyaning …