Singapur Prezidenti Halima Yaqub Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish bilan boshladi.
Buyuk muhaddis haqiga Qurʼon tilovat qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi M. Komilov oliy martabali mehmonga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangidan bunyod etilayotgan mazkur majmuadagi qurilish-bunyodkorlik ishlari, mazkur obyektning avvalgi holati haqida maʼlumot berdi. Ziyoratchilar uchun majmua va uning atrofida yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar ziyorat turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Halima Yaqub xonim Islom olamida muhaddislar sultoni deb eʼtirof etiladigan Imom Buxoriy majmuasini obod qilish bilan bogʻliq ishlarga yuksak baho berdi.
Manba: OʻzA