Home / FOTO LAVHALAR / AJDODLARGA MUNOSIB AVLOD BOʻLISH – HAM QARZ, HAM FARZ

AJDODLARGA MUNOSIB AVLOD BOʻLISH – HAM QARZ, HAM FARZ

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Gʻallaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Ajdodlarga munosib avlod boʻlaylik” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktab oʻquvchilari, oʻqituvchi-pedagoglar va Markaz ilmiy xodimlari ishtirok etdi.

Markaz boʻlim boshligʻi Sh.Umarov yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida alloma ajdodlarimiz hayoti va ijodiga oid viktorina ham oʻtkazildi. Faol oʻquvchilar Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida tarix fanlari doktori, professor B.Toʻrayev yigʻilganlarga jahon tamadduniga benazir hissa qoʻshgan allomalarimiz hayoti haqida soʻzlab berdi. Bugungi kun avlodi uchun  ajdodlarga munosib voris boʻlish ham farz, ham qarz ekani alohida taʼkidlandi.

Tadbir ishtirokchilari yoshlar ongini zaharlashga urinayotgan turli ekstremistik oqimlar tahdididan ham ogoh etilib, ularga qarshi kurashning eng munosib vositasi bu – ilmu maʼrifat ekani qayd qilindi.

Tadbir doirasida Markaz tomonidan nashrga tayyorlangan yangi kitob va xalqchil risolalar taqdimoti oʻtkazilib, istiqboldagi rejalar xususida maʼlumot berildi. Taqdimotda faollik koʻrsatgan oʻquvchilar kitoblar bilan ragʻbatlantirildi.

Yakunda Markaz xodimlariga maktab rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …