Home / FOTO LAVHALAR / YETTB MЕHMONLARI – MARKAZDA

YETTB MЕHMONLARI – MARKAZDA

Yevropa tiklanish va taraqqiyot Banki (YETTB) Boshqaruvchilar kengashining Samarqandda oʻtkazilgan 32-yillik yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Marokash delegatsiyasining rahbari, Qirollikning moliya va iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik Boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Hisham Tolbi hamda Boshqarma boʻlim boshligʻi Braxim Chouki Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va ilmiy xodim Baroat Amonov kutib olib, muzey faoliyati, undagi eksponat va qimmatli manbalar bilan tanishtirdi.

   

Delegatsiya vakillarida buyuk muhaddis Imom Buxoriy siyrati, ilmga yoʻgʻrilgan hayoti, aql-zakovati, mukammal ilmi va qobiliyati haqidagi maʼlumotlar katta taassurot qoldirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari “OCIS News” nashrida

Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Xalqaro …