Home / FOTO LAVHALAR / ILMSIZLIK VA JAHOLAT – ONG VA TAFAKKURNING ENG KATTA KUSHANDALARI

ILMSIZLIK VA JAHOLAT – ONG VA TAFAKKURNING ENG KATTA KUSHANDALARI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar uchun “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzusida maʼrifiy tadbir va yangi kitoblar taqdimoti oʻtkazildi.

Unda soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda mamlakatimizda maʼnaviyat, maʼrifat masalalariga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani, bundan maqsad esa bugungi murakkab va tahlikali zamonda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz farovonligini taʼminlash, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalashdan iborat ekanini taʼkidladi.

Markaz ilmiy xodimlari mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat qurish yoʻlida diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi haqida maʼlumotlar berib, ilmiy faoliyat davomida erishilgan natijalarga toʻxtaldi.

Tadbirning asosiy qismida fikrga qarshi – fikr, gʻoyaga qarshi – gʻoya, jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurashish zarurati nuqtai nazaridan xodimlar olib borayotgan ilmiy faoliyat mahsuli – bir qator adabiyotlar taqdimot qilindi.

Ishtirokchilar Markazning ilmiy natijalarini yuqori baholab, yoshlarni ilmga daʼvat etish va mutolaaga chorlash, bu orqali ular jaholat girdobidan asrashga xizmat qilishini taʼkidladi.

Tadbir nihoyasida universitet kutubxonasiga Markaz nashrlari tortiq qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …