Home / FOTO LAVHALAR / NAJOT FAQAT ILM VA FANDADIR

NAJOT FAQAT ILM VA FANDADIR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Ilmu maʼrifat – taraqqiyot poydevori” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Talabalar ishtirokida oʻtkazilgan anjumanni universitetning ona tili va adabiyot taʼlimi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Margʻuba Abdullayeva ochib, gʻoyaviy ziddiyatlar avj olgan globallashuv sharoitida najotni faqat ilm va fandan topish mumkinligi, yoshlar ongida mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirishga ehtiyoj doimo dolzarb ekani haqida soʻzladi.

   

Markaz ilmiy xodimlari maʼruzalarida maʼnaviy barkamollik, uning mezonlari, ilmning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni kabi masalalar yoritib berildi.

Johillikning asosiy davosi – kitob oʻqish! Qalb chigalliklarini yozib, koʻngilga huzur bagʻishlovchi mutolaa jaholatga barham berib, hayotning qorongʻu yoʻllarini yoritib boradi. Zero, insonga ilmdan koʻra foydaliroq va aksincha, jaholatdan koʻra zararliroq narsa yoʻqdir!

Tadbirda Markaz tomonidan nashr etilgan yangi ilmiy adabiyotlar taqdimot qilindi. Nashrlarning mazmun-mohiyati va maʼrifiy ahamiyati haqida maʼlumotlar berildi.

Yigʻilganlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …