Home / FOTO LAVHALAR / “Biz yot gʻoyalarga qarshimiz”

“Biz yot gʻoyalarga qarshimiz”

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida Biz yot gʻoyalar va axborot xurujlariga qarshimiz mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Markaz ilmiy xodimlari, filial rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Maxmudov bugungi globallashuv sharoitida yoshlar ongu tafakkuriga salbiy taʼsir etuvchi turli mafkuraviy nayranglar, axborot xurujlaridan saqlanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish maqsadida mamlakatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ishlarni alohida taʼkidladi.

Maʼrifiy uchrashuvda Markaz ilmiy xodimi Sirojiddin Abduvoitov maʼnaviy tahdidlar kun sayin kuchayib borayotgani, yoshlarning hammasi ham internet va ijtimoiy tarmoq sahifalaridan toʻgʻri foydalana olmayotgani, afsuski, baʼzan yot mafkuralar taʼsiriga tushib qolayotgani, bunday salbiy illatlarni eʼtibordan chetda qoldirmaslik lozimligi haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, Markaz faoliyatidagi yutuqlar, ayni paytda olib borilayotgan tadqiqot yoʻnalishlari, nashr etilayotgan adabiyotlar, rejalashtirilgan ilmiy loyihalar xususida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga bugungi globallashuv jarayonida yoshlarda axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga boʻlgan doimiy ehtiyoj nuqtai-nazaridan kelib chiqib, ilm va maʼrifatning yuksak ahamiyati borasida hayotiy misollar asosida tushunchalar berildi.

Maʼruzachilar ishtirokchilarning savollariga javob qaytardi.

Tadbir yakunida Markaz tomonidan chop etilgan “Sahihi Buxoriy sharhi” kitobi, Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining 30-juzi, Abd ibn Humayd Keshiyning “Musnadi Keshiy” asarlari hamda “Buyuk allomalarimiz” haqidagi xalqchil risola va “10 ta haqiqat” plakatlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …