Zakot nisobi
Zakotning tillodan nisobi 85 gramm boʻlib, bugungi kunda 585 probali 1 gramm tilloning oʻrtacha narxi 420 000 (toʻrt yuz yigirma ming) soʻm ekani eʼtiboridan, bu yilgi ZAKOT nisobi 35 700 000 (oʻttiz besh million yetti yuz ming) soʻm deb belgilandi.
Shunga koʻra, zaruriy ehtiyojidan tashqari bir yil davomida 35 700 000 (oʻttiz besh million yetti yuz ming) soʻm va undan ortiq pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega boʻlgan musulmon kishi, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5%)ni ajratib, uni zakot niyatida kambagʻal va faqirlarga beradi.
Fitr sadaqasi va fidya miqdori
Fitr sadaqasining miqdori bugʻdoydan yarim soʼ (≈ 2 kg.), arpadan bir soʼ (≈ 4 kg.), mayizdan yarim soʼ (≈ 2 kg.) va xurmodan bir soʼ (≈ 4 kg.)dir.
Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning bozordagi oʻrtacha narxlari 1 kg. bugʻdoy – 6 ming, 1 kg. arpa – 5 ming, 1 kg. mayiz – 50 ming va 1 kg. xurmo – 45 ming soʻm ekanligini inobatga olib, bu yilgi FITR sadaqasi quyidagicha etib belgilandi:
bugʻdoydan ≈ 2 kg. 12 000 (oʻn ikki ming) soʻm;
arpadan ≈ 4 kg. 20 000 (yigirma ming) soʻm;
mayizdan ≈ 2 kg. 100 000 (yuz ming) soʻm;
xurmodan ≈ 4 kg. 180 000 (bir yuz sakson ming) soʻm deb belgilandi.
FIDYA miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil boʻladi.
Shunday ekan, har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini va fidya miqdorini bersa kifoya qiladi.
Eslatma: Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat oʻz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.
Milodiy 2023 yil, 23 Mart, Hijriy 1444 yil, 1 Ramazon.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati