Ali ibn Hajar xurosonlik uch buyuk muhaddis imomlardan biri boʻlib, 771 yil Xurosonda tavallud topgan. Uning toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Hajar ibn Iyas Saʼdiy Marvaziy. Dastlabki taʼlimni otasi Hajar ibn Iyas va marvlik allomalardan oladi. Soʻng Hijoz, Iroq, Damashq, Kufa, Bagʻdod kabi oʻlka, mamlakat, va shaharlarga borib, tahsilini davom ettirgan. Oʻttiz uch yoshida tahsilini tamomlab, Marvga qaytib kelgan.
U otasi Hajar ibn Iyas, Sufyon ibn Uyayna, Xalaf ibn Xalifa va Abdulloh ibn Muborak kabi allomalardan hadis tinglagan va rivoyat qilgan. Manbalarda Ali ibn Hajar Marvaziydan “Kutubus sitta” mualliflari va xurosonlik koʻplab muhaddislar undan hadis tinglagan va rivoyat qilgan. Jumladan, Ali ibn Hajar tomonidan rivoyat qilgan beshta hadisni Imom Buxoriy “Sahihul Buxoriy” toʻplamiga, Imom Muslim sakson sakkizta hadisni “Sahihul Muslim”ga kitobida, Imom Termiziy va Imom Nasoiylar ham “Sunan” toʻplamlarida kiritgan. Bundan tashqari Abu Amr Mustalamiy, Ahmad ibn Ali va Abdon Marvaziy kabi koʻplab muhaddislar undan hadis rivoyat qilgan.
Manbalarda Muhammad ibn Ali Marvaziy, Imom Hakim, Xatib Bagʻdodiy, Imom Nasoiy kabi muhaddislar Abu Hajarning hadis rivoyat qilishda mohirligi, ehtiyotkorligi va vazminligi bilan boshqalardan ajralib turishini taʼkidlagan.
Abu Hajar umrining toʻqson yilini hadis ilmiga bagʻishlab, uni shogirdlariga yetkaza olgani, ayniqsa, Marv atrofida hadis ilmining rivojlanishiga hissa qoʻshganini aytib oʻtgan. Ali ibn Hajar Marvaziy 858 yil Marv shahrida vafot etgan.
Bugungi kunda allomaning “Ahkamul Qurʼon”, “Favoid fil hadis” asarlari Kupruli kutubxonasi (Turkiya) va Zohiriya kutubxonasida (Suriya) saqlanmoqda.