Home / MAQOLALAR / YANGI OʻZBEKISTONNING LIDER QIZLARI

YANGI OʻZBEKISTONNING LIDER QIZLARI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 92-sonli qarori va 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab –quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 87-sonli farmoni bandlarini tizimli bajarish maqsadida, 2022 yilning 16 mart kuni, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin – qizlar maslahat kengashi qoshidagi “Olima ayollar” va “Lider qizlar” klubi faollari tomonidan “Yangi Oʻzbekiston Lider ayollari” mavzusidagi seminar trening boʻlib oʻtdi.

Muhokama uchun eʼlon qilingan “Iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish va rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasida 2022 yildan boshlab iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish boʻyicha “Oila–mahalla–taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmi ishga tushirilish rejalashtirilgan.

Qarorda iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash, ular bilan alohida ishlash, qobiliyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirish va ragʻbatlantirish, shuningdek, ularni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashga qaratilgan tizimli oʻqishlarni tashkil etish va kadrlar zaxirasiga kiritish ishlarini takomillashtirish maqsadida qabul qilinishi nazarda tutilgan.

Dunyo aholisining yarmini ayollar va qizlar tashkil etadi bu insoniyat salohiyatining yarmiga teng deganidir. Shu sababdan ayollar huquqlarni kafolatlash va ularning qadr qimmati, oʻz imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi, erkin qarorlar qabul qilishi, bilim olishi, kasb egallashi uchun imkoniyatlar yaratish nafaqat gender tenglikka erishish uchun balki jamiyat maʼnaviy axloqiy muhitini barqarorlashtirishda juda muhim ahamiyatga egadir. Ayollar va qizlar bu orqali oʻz oilalari, davlati, mamlakati yuksalishi uchun hissa qoʻshib, shu bilan birga oilasiga qoʻshimcha daromad keltiradi, vatani rivojlanishi uchun hissa qoʻshadi, siyosiy jarayonlarda ishtirok etadi. Ziyoli ayolning farzandi tarbiyali, bilimga chanqoq, yurtini, vatanini sevadigan sogʻlom farzand boʻlib ulgʻayadi.

Muammoni Oʻzbekiston misolida tahlil qiladigan boʻlsak, yurtimiz ayollari har bir jabhada oʻz oʻrniga ega boʻlib borayotganini barchamiz bevosita amalda koʻrib, chuqur his etib turibmiz. Oʻtgan yili yurtimiz tarixida birinchi marta milliy parlamentda ayollar soni bugungi koʻrsatkichga koʻtarilgani ham buning yorqin tasdigʻidir. Gap shundaki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Senatda esa bu koʻrsatkich qariyb 25 foizga yetdi.

Mahalliy Kengashlar deputatlarining 31 foizi ham jonkuyar, faol ayollardir. Ana shunday natijalar tufayli Oʻzbekiston parlamenti ayol deputatlar soni boʻyicha dunyodagi 190 ta milliy parlament oʻrtasida 37-pogʻonaga koʻtarildi. Holbuki, bundan 5 yil ilgari 128-oʻrinda edik. Bunday keskin ijobiy oʻzgarishlar parlament saylovlari shunchaki oʻtkazilmagani, “Yangi Oʻzbekiston — yangi saylovlar” shiori hayotda bevosita oʻz inʼikosini topganini anglatadi.

Kimlardir ayol kishining rahbar boʻlganining nimasi yaxshi, deyishi mumkin. Bunday savolga javob aniq: nozik xilqat sohibalari ijtimoiy masalalarga koʻproq yurakdan his qilib yondashadi, dilidan oʻtkazib qarorlar qabul qiladilar. Ijtimoiy masalalar esa, bu — xalqning dardi, xalqning muammosi, shu kecha-kunduzda uning boshidan oʻtayotgan muammolar bilan uzviy bogʻliqdir.

Ayol buni koʻproq, teranroq tuyishining yana bir sababi u oila bekasi, bolalar tarbiyachisi, ularning sogʻligʻi uchun qaygʻuradigan shifokordir. Siyosiy hayotda faol boʻlgan xotin-qizlarimiz aynan mana shunday xislatlari tufayli qonunlarning yanada hayotiy boʻlishi uchun kurashadilar, ularda aniq masalalar, muammolarning yechimlarini ifodalash uchun jon kuydiradilar. Binobarin, Oʻzbekistonda xotin-qizlar masalasiga juda katta eʼtibor qaratilyapti. Ularning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari Konstitutsiyamiz, qonunlarimizda mustahkamlab qoʻyilgan.

Tan olish kerak, orada bu boradagi islohotlarning koʻpi qogʻozda qolib ketdi. Ayrim holatlarda ayollar oʻzlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar kamlik qildi, stereotiplar toʻsiq boʻldi. Masalan, ayol tadbirkorlik qilaman, desa, preferensiyalar berish tizimi yoʻq edi. Umuman, ularga imtiyozlar yaratish boʻyicha huquqiy baza yaratilgan boʻlsada, shularni roʻyobga chiqarish boʻyicha aniq “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmagan edi. Oqibatda jamiyatning aslida faol boʻlishi kerak boʻlgan mazkur qatlami tobora passivlashib ketdi.

Bir tomondan bu mentalitetga ham bogʻliq boʻlgan, deb oʻylayman. Mahalliy Kengashlar deputatlarining 31 foizi ham jonkuyar, faol ayollardir. Ana shunday natijalar tufayli Oʻzbekiston parlamenti ayol deputatlar soni boʻyicha dunyodagi 190 ta milliy parlament oʻrtasida 37-pogʻonaga koʻtarildi. Holbuki, bundan 5 yil ilgari 128-oʻrinda edik. Bunday keskin ijobiy oʻzgarishlar parlament saylovlari shunchaki oʻtkazilmagani, “Yangi Oʻzbekiston — yangi saylovlar” shiori hayotda bevosita oʻz inʼikosini topganini anglatadi.

Kimlardir ayol kishining rahbar boʻlganining nimasi yaxshi, deyishi mumkin. Bunday savolga javob aniq: nozik xilqat sohibalari ijtimoiy masalalarga koʻproq yurakdan his qilib yondashadi, dilidan oʻtkazib qarorlar qabul qiladilar. Ijtimoiy masalalar esa, bu — xalqning dardi, xalqning muammosi, shu kecha-kunduzda uning boshidan oʻtayotgan muammolar bilan uzviy bogʻliqdir. Ayol buni koʻproq, teranroq tuyishining yana bir sababi u oila bekasi, bolalar tarbiyachisi, ularning sogʻligʻi uchun qaygʻuradigan shifokordir. Siyosiy hayotda faol boʻlgan xotin-qizlarimiz aynan mana shunday xislatlari tufayli qonunlarning yanada hayotiy boʻlishi uchun kurashadilar, ularda aniq masalalar, muammolarning yechimlarini ifodalash uchun jon kuydiradilar.

Tan olish kerak, orada bu boradagi islohotlarning koʻpi qogʻozda qolib ketdi. Ayrim holatlarda ayollar oʻzlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar kamlik qildi, stereotiplar toʻsiq boʻldi. Masalan, ayol tadbirkorlik qilaman, desa, preferensiyalar berish tizimi yoʻq edi. Umuman, ularga imtiyozlar yaratish boʻyicha huquqiy baza yaratilgan boʻlsada, shularni roʻyobga chiqarish boʻyicha aniq “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmagan edi. Oqibatda jamiyatning aslida faol boʻlishi kerak boʻlgan mazkur qatlami tobora passivlashib ketdi. Bir tomondan bu mentalitetga ham bogʻliq boʻlgan, deb oʻylayman.

Birgina taʼlim sohasini oladigan boʻlsak, bizda qizlar va oʻgʻil bolalarning bilim olishlari, kasb tanlashlari boʻyicha kelajaklarini taʼminlashda farqlar bor edi, hali ham bunday dunyoqarash uchrab turibdi. Toʻgʻri, hamma bolalar maktabda oʻqitiladi. Biroq keyinchalik kasb tanlash, oliy oʻquv yurtida tahsil olishga kelganda, koʻproq eʼtibor va ustunlik oʻgʻil bolaning taʼlim olishiga, uning uchun barcha sharoitni yaratishga qaratiladi. Chunki baʼzi insonlarda faqat oʻgʻil bolaga bilim berish kerak, oʻqitish kerak, chunki u bizning boquvchimiz, degan qarashlar ustunlik qiladi.Qiz bolaga kelganda, bu boshqacha tus oladi. Maktab taʼlimi majburiy boʻlgani bois oʻqiydi. Ammo keyin “bu birovning xasmi, kerak boʻlsa turmush oʻrtogʻi boqib oladi”, degan tushunchaga urgʻu beriladi. Vaholonki, qiz bola oliy maʼlumotli boʻlsa, qanchalik bilim va salohiyat olsa, buni kelgusida farzandlariga ham “yuqtiradi”, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga masʼuliyat bilan yondashadi. Yurtning kelajagi esa mana shunday dunyoqarashga ega onalar tomonidan yaratiladi.

Xulosa qilib aytish mumkinkibugun jamiyatimizda oʻta bilimli, qobiliyatli boʻlsada, oʻzini oilasiga, xotin-qizlarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishida, birinchi navbatda, ota-onalarning munosabati katta rol oʻynasa, ikkinchisi, oliy taʼlimda ularni qamrab olish imkoniyati muhim oʻrin tutadi. Masalan, talaba qiz turmushga chiqsa, oʻqishni qiynalib davom ettirishga majbur boʻladi. Qoʻllab-quvvatlaydigan qaynota bilan qaynonaning qoʻliga tushsaku yaxshi, ammo “oʻqib nima boʻlarding”, deydigan oilaga kelin boʻlsa, buyogʻini tasavvur qilavering. Yillar davomida toʻplanib qolgan shu kabi muammolar, oliy oʻquv yurtlariga yoshlarni qamrab olish koʻrsatkichining toʻqqiz foiz ekanligi oliy maʼlumotli, keng tafakkur va dunyoqarashi bor ayollarni tarbiyalashda katta toʻsiq boʻldi.

Quvonarlisi, bugungi kunda zamonaviy fikrlaydigan ota-onalar, qaynota-qaynonalar, kuyovlar koʻpayib boryapti. Oʻz navbatida, xotin-qizlarning taʼlim olishi, kasbli boʻlishi uchun qogʻozda emas, real hayotda katta qulayliklar, yengilliklar yaratilmoqda. Bugun gender tenglik degan demokratik tamoyil haqida ochiq-oydin gapirilayotgani, bu borada izchil chora-tadbirlar olib borilayotgani fikrimizga misol boʻla oladi.Unutmang, Lider degani, avvalo oʻz ustida ishlaydigan va oʻzgalarga yordam qoʻlini choʻzadigan insondir.

Foydalanuvchi adabiyotlar

  1. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab –quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-92 sonli qarori
  3. Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-562-son qonuni
  4. Voronina O.A. Teoritiko-metodologicheskiye osnovы gendernыx issledovaniy. Kurs leksiy. M.: MSGI, MVSHSEN, MFF, 2001 — S. 13,106
  5. De Bovuar S. Vtoroy pol. M., (De Bovuar C. Second sex. M., 1997)
  6. Sillaste, G.G. Gendernaya sotsiologiya i rossiyskaya realnost. M.: Alfa-M, 2016.
  7. A History of Women in West. / Gen. eds. G.Duby, M.Perrot V.I Cambridge (Mass.), 1992

Mudassiraxon MUHAMMADIYEVA

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik fakulteti Islomshunoslik yoʻnalishi
1-kurs talabasi

Check Also

OʻZINGIZNI QATʼIYATLI BOʻLISHGA TAYYORLANG!

(Bir hadis sharhi) Dinimiz inson shaxsiyatini shakllantirishda aqlga tayanish, odamlarga koʻr-koʻrona taqlid qilmaslik, har bir …