Home / XALQARO YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Markaziy Osiyo – Islom sanʼati oʻchogʻi” nomli Forumi doirasida “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkaziladi. Unda mahalliy va xorijiy tashkilotlar, universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari ishtirok etadi. Konferensiyaning “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishda Oʻzbekiston va xorij tajribasi” nomli I shoʻbasi yigʻilishida yurtimiz va Turkiya hamda Qozogʻiston davlatlaridan 22 nafar olim va mutaxassis maʼruza qiladi.

Anjuman 2 noyabrda Toshkent vaqti bilan soat 11.15 da boshlanadi.

Konferensiyada onlayn tarzda quyidagi ZOOM videokonferensiya platformasi orqali ishtirok etish mumkin.

https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902

Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Imom Buxoriy va Sukarno”

Samarqandda Oʻzbekiston va Indoneziya ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan shu nomdagi spektaklning premyerasi boʻlib oʻtdi. 2023-yil yanvar …