Joriy yilning 1-3 noyabr kunlari “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida Samarqandda “Markaziy Osiyo – islom sanʼati oʻchogʻi” nomli xalqaro forum oʻtkazilmoqda.
Forum doirasida “Oʻzbekiston fondlarida saqlanayotgan Qurʼoni karimning qadimiy nusxalari” mavzusida xalqaro koʻrgazma ham tashkil etiladi. Mazkur koʻrgazmada Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanayotgan yettita nodir va qadimiy Qurʼoni karim nusxalari ham taqdim etiladi.
Shuningdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xabari koʻra, forum doirasida “Movarounnahrda kitobat madaniyati” mavzusida islom amaliy sanʼati turlari boʻyicha festival va hunarmandlar savdo yarmarkasi, hamda “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etiladi.
Xalqaro forumda 40 dan ziyod davlatdan 300 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Manba: muslim.uz