Home / YANGILIKLAR / Muftiy hazratning Boku safarlari boshlandi

Muftiy hazratning Boku safarlari boshlandi

Bugun, 19 oktyabr kuni erta tongda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Misr safarini yakunlab, Boku safarini boshladilar.  

Haydar Aliyev nomidagi Boku xalqaro aeroportida Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolarini Kavkaz musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Salmon Musayev, Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov va boshqalar kutib olishdi. 

Tashrif doirasida Muftiy hazratlari Turkiy davlatlar tashkiloti Muftiylar kengashining III-yigʻilishida nutq qiladilar va turkiy xalqlar moʻmin-musulmonlari uchun muhim boʻlgan qator masalalarni muhokama etish reja qilingan.

Shuningdek, Ozarbayjonning muborak qadamjolarini ziyorat qilish, Diniy peshvolarning ikki tomonlama uchrashuvlari, mamlakatning tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish ham tashrif dasturidan oʻrin olgan.  

Safar jarayonlari, yigʻilishda muhokama etilgan mavzular haqidagi soʻnggi maʼlumotlar sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali yoritib boriladi.

Alloh taolo muftiy hazratlarining ushbu safarlarini xayrli, mamlakatimiz va butun musulmon ummati uchun manfaatli boʻlishini nasib etsin!  

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …