Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olimlari tomonidan buyuk ajdodimiz, Movarounnahrdan yetishib chiqqan dastlabki ulugʻ muhaddis, mufassir, faqih, hadis va tafsir ulamolarining qadri baland imomlaridan biri Abdulhamid Keshiyning mashhur “Musnad” asari ilk bor oʻzbek tiliga tarjima qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan va dunyoning yetakchi ulamolari tomonidan eʼtirof etilgan ushbu tarjima xalqimiz maʼrifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati