MUHAMMAD NAZIR AYYAD – Al-Azharning Islom ilmlari majmuasi Bosh kotibi (Misr):
Bu asar ahli sunna val jamoa, xususan, hanafiy mazhabi vakillari nazdida eng asosiy manba deb hisoblanadi.
“Taʼvilot ahli sunna” asari Imom Moturidiy rahimahullohning ilmi yetib borgan eng yuksak pogʻonalarni oʻzida gavdalantirgan. Bizning oldimizda buyuk bir asar turibdi va u oʻz muallifining buyukligi va qadri balandligiga dalolat qiladi, deb aytishimiz toʻgʻri boʻladi.
Bu ishning oʻta ahamiyatli ekanida hech qanday shubha yoʻq. Zero, bu asar naqlni bir chetga surib, aqlni muqaddaslashtirish yoki aqlni bir chetga surib faqat naql bilan cheklanib qolish daʼvosi ostida ahli sunna val jamoa mazhabini taʼna qiluvchilar va ularga eʼtiroz bildiruvchilarga raddiya berishda ulkan hissa qoʻshadi.
Abu Mansur Moturidiyning “TAʼVILOT AL-QURʼON” asari 30-juzi oʻzbek tilida nashrdan chiqdi.