Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Kalom va islom falsafasi boʻyicha yetuk olim, Turkiyadagi Ibn Xaldun universiteti professori, doktor Hamza Bakriy ishtirokida oʻquv mashgʻulotlari boshlandi.
Mashgʻulotlarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent islom instituti, “Koʻkaldosh”, “Xadichai kubro” oʻrta maxsus islom bilim yurtlari mutaxassislari bilan birga Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Bahodir Mirzayev va Abduvosi Shonazarov ishtirok etmoqda.
“Qoʻlyozma manbalarini tadqiq qilish” hamda “Kalom ilmi” kurslari doirasida tashkil qilingan mashgʻulotlar bir hafta davom etadi.