Home / FOTO LAVHALAR / BUGUN BUTUN DUNYO DINIY SOHA VAKILLARINING EʼTIBORI BUXORODA

BUGUN BUTUN DUNYO DINIY SOHA VAKILLARINING EʼTIBORI BUXORODA

Oʻzbekistonda “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi oʻz ishini davom ettirmoqda. Ayni soatlarda forum asosiy tadbirida respublikamizdagi hamda Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan turli konfessiya vakillari, taniqli dinshunoslar, din ulamolari, huquqshunoslar qadimiy Buxoro shahrida “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilinishiga oid fikr va mulohazalar bilan oʻrtoqlashib, diniy bagʻrikenglikni taʼminlash sohasida oʻzaro tajriba almashishmoqda. Dasturga binoan forumda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadkikot markazi direktori Shovosil Ziyodov xam maʼruza qilishi rejalashtirilgan. Qabul qilinajak “Buxoro deklaratsiyasi” maʼrifat va bagʻrikenglik madaniyati gʻoyalarini ilgari surish, turli din vakillarining milliy anʼanalariga hurmat va ularning huquqlarini taʼminlash, jahon miqyosida ijodiy muloqotni mustahkamlashga qaratilgan muhim hujjatga aylanishi kutilmoqda.

    

Eslatib oʻtamiz, tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Global hamkorlik instituti (AQSH) bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita koʻmagida oʻtkazilyapti.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …