Home / XALQARO YANGILIKLAR / Matius Xo: “Oʻzbekistonda azaldan turli madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan”

Matius Xo: “Oʻzbekistonda azaldan turli madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan”

Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchisi, Leymen instituti ijrochi direktori Matius Xo (Indoneziya) “Dunyo” axborot agentligiga bergan intervyusida forumda ishtirok etishdan kutayotganlari haqida gapirdi.

– “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumini oʻtkazish borasida Oʻzbekiston dunyoda katta oʻrin tutadi. Forum jahon hamjamiyatining yetakchi maʼnaviyat yetakchilari oʻrtasidagi muloqot va fikr almashish uchun ajoyib maydondir. Samarqand va Buxoro butun islom olami uchun alohida ahamiyatga ega. Oʻzbekiston azaldan turli madaniyat va din vakillari bilan tinch-totuv va ahil-inoq yashab kelayotgan maskan boʻlib kelgan. Mehmondoʻstlik, qalb saxovati, chinakam bagʻrikenglik oʻzbek xalqiga azaldan xos boʻlib, uning mentalitetiga asos boʻlib kelgan.

Oʻzbekistonda din sohasini liberallashtirish, bagʻrikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, aholining diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur shart-sharoit yaratish siyosati izchil va muttasil olib borilayotganini alohida taʼkidlamoqchiman.

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …