Home / FOTO LAVHALAR / Markaz ilmiy xodimlari xorijdagi yirik xalqaro anjumanda

Markaz ilmiy xodimlari xorijdagi yirik xalqaro anjumanda

Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universitetida Kamol Poshshozoda (Ibn Kamol) hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Unda dunyoning islom ilmlariga ixtisoslashgan nufuzli ilmiy muassasalari vakillari, islomshunos olimlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda taniqli diniy ulamolar ishtirok etishdi.

Konferensiya ishida shuningdek, ayni paytda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Turkiya safarida boʻlib turgan ilmiy xodimlari ham qatnashib, maʼruza qildi.

Jumladan, xalqaro anjumanning 26-kalom shoʻbasida Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Otabek Muhammadiyev “Ibn Kamolning istiʼoza, basmala, hamdala va salvala masalalari boʻyicha sharhi”, Markaz boʻlim boshligʻi Tohir Evadullayev “Ibn Kamolning 40 hadis sharhlarida foydalangan uslubi” kabi mavzularida maʼruza qilishdi.

Notiqlar oʻz maʼruzalari avvalida Yangi Oʻzbekiston va unda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar natijalari haqida toʻxtalib, ajdodlar ilmiy merosini oʻrganish va keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati samaralari hamda yutuqlari haqida ham maʼlumotlar berishdi.

Maʼruzachilar ishtirokchilar savollariga batafsil javob berdilar.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …