Ayni soatlarda Hasti Imom majmuasi maydoni kitobsevar yurtdoshlarimiz bilan gavjum. Oʻnlab nashriyot va bosmaxonalar hamda diniy-maʼrifiy markazlar ilmiy-maʼrifiy kitoblar koʻrgazmasida oʻz nashrlarini namoyish etishmoqda.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy adabiyotlari mazkur koʻrgazmaning markazidan oʻrin olgan boʻlib, koʻplab kitobxonlar eʼtiborini tortmoqda.
Ayniqsa Malayziyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xendi Assan janoblari Markaz nashrlariga alohida qiziqish bildirib, ingliz tilidagi kitoblar ham taqdim etilganidan mamnunligini bildirdi. Qisqa muloqot chogʻida elchi janoblariga Markazning Malayziyadagi ilmiy muassasalar bilan oʻrnatilgan hamkorlikning ayni holati hamda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning malayziyalik sovrindorlari haqida maʼlumot berildi.
Muloqot soʻnggida elchi janoblariga Markaz nashrlarining toʻplami tortiq qilindi.
Elchi kelgusi oy oʻrtalarida Markazga kelishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi va Markaz veb-sayti uchun intervyu berdi.
Birozdan soʻng Markaz nashrlarining rasmiy taqdimoti oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Koʻrgazma ishini davom ettirmoqda.