Home / FOTO LAVHALAR / Taʼlimga oid tashabbuslar tinchlik uchun xizmat qiladi

Taʼlimga oid tashabbuslar tinchlik uchun xizmat qiladi

Bugun Buxoro shahrida Amerika Qoʻshma Shtatlari Tinchlik instituti tomonidan “Tinchlik uchun pedagogika” mavzusida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari uchun oʻtkazilishi belgilangan trening mashgʻulotlari boshlandi. Umumiy mashgʻulotlarning 3-bosqichini tashkil etuvchi mazkur treningda Markazning bir guruh ilmiy xodimlari ishtirok etmoqda.

Mashgʻulotlar avvalida Markaz direktori Sh.Ziyodov trening ahamiyati, 2019 yilda oʻtkazilgan 2 ta bosqich mashgʻulotlarining xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishga qoʻshgan hissasini alohida eʼtirof etib, navbatdagi bosqich kutilganidan ham aʼlo natija koʻrsatishiga ishonch bildirdi va tashkilotchilarga minnatdorlik izhor qilgan holda ishtirokchilarga omad tiladi.

Oʻz navbatida institut vakili Barmak Pajvak treningni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad va uning asosiy ish uslubi haqida toʻliqroq maʼlumot berdi.

Ishtirokchilarda jamoaviy tarzda ishlash hamda kreativ fikrlash koʻnikmalarini interaktiv uslublar orqali shakllantirishga qaratilgan mashgʻulotlar taʼlimga oid tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va ularni hayotga tatbiq etish usullarini ishlab chiqish maqsadlarini koʻzlaydi.

Trening boshlangan hafta yakunigacha davom etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …