Saudiya Arabistoni savdo vaziri, axborot vaziri vazifasini bajaruvchi Majid al-Qasabiy ushbu tadbirning faxriy mehmoni boʻldi.
Taqdimot chogʻida ushbu kitobda oʻzbeklar zamini beshik boʻlgan, umumjahon tamadduni taraqqiyotiga, shu jumladan, Islom ilmi ravnaqiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi mufassal qalamga olingani taʼkidlandi.
Shuningdek, kitobning chop etilishi tarixi va uning mazmun-mohiyati haqidagi batafsil maʼlumotlar ham tadbir ishtirokchilarining eʼtiboriga havola qilindi. Jumladan, unda Oʻzbekiston tarixi, iqtisodiyoti va etnografiyasi, shuningdek, mamlakatimizning zamonaviy xalqaro munosabatlari hamda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuskorligida turli sohalarda hayotga tadbiq etilayotgan keng qamrovli islohotlarga doir muhim maʼlumotlar oʻz ifodasini topgani alohida qayd etildi.
Yuqoridagilar bilan birga, Oʻzbekiston bagʻrida joylashgan tarixiy qadamjolar, oʻzbek xalqining oʻziga xos urf-odatlari, milliy taomlari haqidagi va boshqa koʻplab qiziqarli axborot, dalil-raqamlar ham oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotishi soʻzga chiqqanlar tomonidan eʼtirof etildi.
Manba: oliymahad.uz