Home / YANGILIKLAR / “Madhiyamiz – faxrimiz”

“Madhiyamiz – faxrimiz”

Imom Buxoriy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan «Ulu xalq qudrati jsh urgan zamon» shiori ostida “Madhiyamiz – faxrimiz” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Markaz ilmiy xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirni Markaz direktori oʻrinbosari O.Muhammadiyev kirish soʻzi bilan ochib, yigʻilganlarni sana munosabati bilan muborakbod etdi.

Tadbirning asosiy qismida Markaz ilmiy xodimi T.Evadullayev mavzu yuzasidan maʼruza qilib, davlat madhiyasining milliy gʻururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli, mustaqilligimiz va birligimiz ramzi sifatidagi beqiyos ahamiyati haqida gapirdi. Taʼkidlanganidek, mustaqil, ozod va farovon Oʻzbekistonimizning bosh qoʻshigʻi – madhiyamiz qalbida shu aziz Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusi joʻsh urgan har bir yurtdoshimizda oʻzgacha gʻurur, faxr va joʻshqin mehr uygʻotadi. Chunki bu qoʻshiq timsolida xalqimizning buyuk oʻtmishi, buguni va kelajagi mujassam.

Tadbirda soʻz olganlar bugun yurtimizda kechayotgan yangilanishlar tufayli maʼnaviy taraqqiyot sari dadil qadamlar tashlanayotgani, millat chin maʼnoda oʻzlikka qaytib, oʻzligidan kuch olayotganini, Uchinchi renessans poydevorini yaratish yulida olib borilayotgan islohotlar madhiyamiz sadolari ostida yanada keng ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladilar.

Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …