Home / YANGILIKLAR / Markaz tadqiqotchisi dissertatsiya ishini himoya qilmoqda

Markaz tadqiqotchisi dissertatsiya ishini himoya qilmoqda

Ayni paytda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Muhammadiyev Otabek Bozorovichning Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi boʻyicha “XI-XII asrlarda Movarounnahr moturidiya kalom maktabi rivojida Alouddin Usmandiyning oʻrni (“Lubob al-kalom” asari misolida) mavzusidagi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtmoqda.
Himoya onlayn va offlayn tarzda oʻtkazilmoqda.
Tadqiqotchiga dissertatsiya ishi himoyasida muvaffaqiyat yor boʻlsin!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ilm-fan va madaniy meros rivoji yoʻlida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziya texnologiya universiteti (MTU) Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani, Islom, fan …