Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi.
Qabul kvotalari Akademiyada faoliyati yoʻlga qoʻyilgan ixtisosliklar boʻyicha quyidagicha taqsimlandi:
Ixtisoslik shifri va nomi |
2022 yil uchun ajratilgan kvotalar soni |
|||
Tayanch doktorantura tura |
Doktorantura |
Stajor-tadqiqotchilik |
||
1. |
07.00.04 – Dinshunoslik |
3 |
– |
1 |
2. |
19.00.07 – Din psixologiyasi |
2 |
– |
2 |
3. |
24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi |
4 |
– |
1 |
4. |
24.00.02 – Qurʼonshunoslik. Hadisshunoslik. |
6 |
1 |
1 |
5. |
24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot. |
6 |
– |
1 |
6. |
24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi |
2 |
– |
1 |
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Tayanch doktorantura, stajor-tadqiqotchilik institutiga:
– ariza;
– qisqacha biografik maʼlumotnoma;
– pasport nusxasi;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
– oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi.
Doktoranturaga:
– ariza;
– qisqacha biografik maʼlumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
– oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
– tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari.
Mustaqil izlanuvchilikka:
– ariza;
– qisqacha biografik maʼlumotnoma;
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik diplom nusxasi;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
– ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxasi;
– fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
– ish joyidan tavsifnoma.
Hujjatlar 2021-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha http://www.phd.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11-uy.
Murojaat uchun telefon: (71) 244-00-56. Faks (71) 244-00-65.