Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti huzuridagi “Yosh olimlar kengashi” va Turkiyaning Diyonat ishlari vazirligi, Germaniyaning Frankfurt Gyote universiteti Islom madaniyati va dinshunoslik instituti bilan hamkorlikda “Dastlabki davrlardagi tafsir rivoyatlari asosida Qurʼonning nuzul tartibiga yangicha qarash” mavzuida ilmiy-amaliy seminar oʻtkaziladi.
Unda Gyote universiteti Islom madaniyati va dinshunoslik instituti direktori, professor Oʻmer Oʻzsoyning shu nomdagi maʼruzasi tinglanadi.
Seminar joriy yilning 30 avgust kuni Oʻzbekiston vaqti bilan soat 15.00 da boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa hamkor tashkilotlar yurtimiz va xorijdagi ilmiy doiralar vakillari va tadqiqotchilarni onlayn tarzda boʻlib oʻtadigan mazkur seminarga taklif etadi.
Seminarda quyidagi ZOOM videokonferensiya dasturi orqali qatnashish mumkin.
https://us05web.zoom.us/j/3466687816?pwd=TWRBa0VRbURwRWV1TVhnWVh2eUovdz09
Seminar identifikatori: 346 668 7816
Parol: 12345