Home / YANGILIKLAR / Oʻzbekiston fuqarolarining “Al-Azhar” taʼlim majmuasi oʻqishiga hujjat topshirish tartibi

Oʻzbekiston fuqarolarining “Al-Azhar” taʼlim majmuasi oʻqishiga hujjat topshirish tartibi

“Al-Azhar” taʼlim majmuasining barcha muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish boʻyicha murojaatlari joriy yil uchun 2021 yil 25 iyun kunidan – 15 iyul kunigacha (keyingi yillar uchun (yil davomida) 1 avgustdan keyingi yil 30 iyun kuniga qadar) Maslahat kengashi (Din ishlari boʻyicha qoʻmita) tomonidan qabul qilinadi. 

   “Al-Azhar” taʼlim majmuasida oʻqish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim:

1. Ariza (namuna boʻyicha)

2. Fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;

3. Umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida shahodatnoma, attestat), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoki oliy taʼlim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;

4. Fuqaroning shaxsiy maʼlumotnomasi (namuna boʻyicha namuna tuldirish shakli) va tarjimai holi (erkin shaklda).

          Maʼlumot uchun: Murojaatlar Maslahat kengashi Ishchi guruhi tomonidan joriy yil 16-30 iyul kunlari (keyingi yildan 1-30 iyul kunlari) koʻrib chiqiladi hamda Ishchi guruhi bilan oʻtkazilgan suhbat natijasiga koʻra “Al-Azhar” taʼlim majmuasida oʻqishga tavsiya etilgan fuqarolar roʻyxati tavsiya xati asosida Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” majmuasi institutlari departamenti administratsiyasining elektron manziliga yuboriladi. 

Eslatma: Murojaatlar Ishchi guruh tomonidan (manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy koʻchasi, 12-uy. Tel: (71) 239-43-73)da haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.

1-ilova Maslahat kengashi Tarkibi

2-ilova Maslahat kengashi Nizomi

3-ilova Ishchi guruh tarkibi

 4-ilova Ishchi guruh Reglamenti

 5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 avgustdagi 651-son qarori

Manba: Din ishlari boʻyicha qoʻmita

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …