YUSUF SHAVQIY – Turkiyalik ilohiyotshunos olim, professor:
“Taʼvilot al-Qurʼon” asari kishini chuqur mushohada yuritishga undaydi. Bugungi kunda biz, yaʼni, islom ummati qoʻlimizda shunday bir kitob boʻla turib taqlid yoʻliga oʻtib ketdik. Bugun biz oʻzimizni isloh qilish uchun Imom Moturidiy asarlariga, jumladan, “Taʼvilot al-Qurʼon”ga juda muhtojmiz. Chunki, moturidiylik taʼlimotida ijtihod masalasi, insonning aqlga tayanishi, tafakkur yuritishi juda ham muhim hisoblanadi. Taqlid qilish, boshqalarga koʻr-koʻrona ergashish esa keskin qoralanadi. Tafakkur – millat kelajagining asosidir.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Abu Mansur Moturidiyning “TAʼVILOT AL-QURʼON” asarining 30-juzi oʻzbek tiliga tarjima qilindi.