Home / YANGILIKLAR / BIZNING OLDIMIZDA BUYUK BIR ASAR TURIBDI

BIZNING OLDIMIZDA BUYUK BIR ASAR TURIBDI

MUHAMMAD NAZIR AYYAD – Al-Azharning Islom ilmlari majmuasi Bosh kotibi (Misr):

Bu asar ahli sunna val jamoa, xususan, hanafiy mazhabi vakillari nazdida eng asosiy manba deb hisoblanadi.
“Taʼvilot al-Qurʼon” asari Imom Moturidiy rahimahullohning ilmi yetib borgan eng yuksak pogʻonalarni oʻzida gavdalantirgan. Bizning oldimizda buyuk bir asar turibdi va u oʻz muallifining buyukligi va qadri balandligiga dalolat ­qiladi, deb aytishimiz toʻgʻri boʻladi.
Bu ishning oʻta ahamiyatli ekanida hech qanday shubha yoʻq. Zero, bu asar naqlni bir chetga surib, aqlni muqaddaslashtirish yoki aqlni bir chetga surib faqat naql bilan cheklanib qolish daʼvosi ostida ahli sunna val jamoa mazhabini taʼna qiluvchilar va ularga eʼtiroz bildiruvchilarga raddiya berishda ulkan hissa qoʻshadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Abu Mansur Moturidiyning “TAʼVILOT AL-QURʼON” asarining 30-juzi ­oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …