Home / YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Germaniya Konrad Adenauer jamgʻarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda 2021 yil 25 iyun kuni soat 14:00 da Oʻzbekiston va Germaniyaning islomshunos, dinshunos olim va mutaxassislar ishitirokida “ISLOM – TINCHLIK VA MAʼRIFATPARVARLIK DINI” mavzusidagi xalqaro onlayn davra suhbatiga taklif etadi.

Davra suhbatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Konrad Adenauer jamgʻarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va ilmiy xodimlari ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Soʻnggi yillarda Mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targʻib etish, “Jaholatga qarshi – maʼrifat” ezgu gʻoyasi asosida Islom dinining tinchlik va maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ochib berish, millatlar va dinlararo totuvlikni, fuqarolar hamjihatligini yanada mustahkamlash, yurtimizda istiqomat qilayotgan millati, dini, irqi va tilidan qatʼiy naza barcha millat va elat vakillarining tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, Oʻzbekistonda ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlarni xalqaro jamoatchilikka yetkazish mazkur seminarning asosiy maqsadlaridan sanaladi.

Tadbirda Oʻzbekiston va Germaniya islomshunos olim va mutaxassislari, diniy soha vakillarining mavzu doirasidagi qiziqarli maʼruzalari tinglanadi. Shuningdek, seminar ishida ishtirokchilarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalariga hamda  istiqbolda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar muhokamasiga keng oʻrin ajratilgan.

Muloqot davomida Oʻzbekiston zamini azaldan turli millat hamda madaniyatlar birligidan tashkil topgani nuqtai nazaridan millatlarning oʻzaro totuvligi va hamjihatligi, shuningdek, diniy bagʻrikenglikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻlamiga alohida eʼtibor qaratiladi. Holbuki, xayrli ishlarda hamkorlik va hamjihatlik Islom dinining muhim ezgu gʻoyalaridan biridir.

Onlayn seminarda quyidagi ZOOM videokonferensiya dasturi orqali qatnashish mumkin.

👉https://kas-de.zoom.us/j/94942401042?pwd=emExVysrZ0FmZGpWdXUrOFpmOHB0UT09

Seminar identifikatori: 949 4240 1042
Parol: 538685

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …