Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Turkiyadagi Anqara, Anqara Yildirim Boyazid universitetlari va Islom tafakkuri instituti bilan hamkorlikda joriy yilning 15 iyul kuni ““Sahihul Buxoriy” asarining eng qadimiy va nodir qoʻlyozma nusxalarining jahon kutubxonalarida saqlanishi” mavzuida xalqaro onlayn konferensiya oʻtkazilishini maʼlum qiladi.
Konferensiyada “Imom Buxoriyning hadis ilmi rivojiga qoʻshgan hissasi”, “Imom Buxoriy ilmiy merosining yoshlar tarbiyasida tutgan oʻrni”, ““Sahihul Buxoriy” asarining qadimiy va nodir qoʻlyozma nusxalarining jahon kutubxonalarida saqlanishi” mavzularida muhokamalar boʻlib oʻtadi.
Anjuman doirasida shuningdek, “Sahihul Buxoriy” asarining qadimiy qoʻlyozma nusxalari koʻrgazmasi ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada ishtirok etish istagida boʻlgan ilmiy doiralar vakillari, olim va tadqiqotchilar mavzu doirasida Tezis yuborishi soʻraladi.
Tezis matnini rasmiylashtirish uchun qoʻyiladigan talablar:
- Tezis (1-2 bet) va maqolalar (7-8 bet) Times New Roman, 14 shrift, 1,5 intervalda boʻlishi (yuqori va pastdan 2 sm, oʻngdan 1,5 va chapdan 3 sm) lozim.
- Tezis va maqolalar oʻzbek, arab va ingliz tillarida qabul qilinadi.
- Maqolaning yuqori qismi oʻrtasida maqolaning nomi bosh harflar bilan beriladi – mullifning F.I.Sh, ilmiy daraja va unvoni, shaxsiy telefon raqami va elektron pochtasi koʻrsatiladi.
- Maqolalarga keltirilgan izohlar (snoska) har bir sahifaning ostida beriladi. Adabiyotlar roʻyxati maqolaning oxirida keltiriladi.
- Konferensiya materiallari ekspertlar guruhi va tahririyat tekshiruvidan oʻtgandan soʻng ilmiy toʻplam holida chop etiladi.
Eslatma:Maqolalar mazmuni, statistik maʼlumotlar ishonchliligi uchun mualliflar javob beradi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar:
Tezislarni qabul qilish muddati: 2021 yil 15 iyun.
Maqolalarni qabul qilish muddati: 2021 yil 10 iyul.
Konferensiya boʻlib oʻtadigan kun: 2021 yil 15 iyul.
Tezis va maqolalar quyidagi manzil va masʼul shaxsga yuborilishi lozim:
Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, 141306, Samarqand viloyati, Payariq tumani, Xoʻja Ismoil shaharchasi
Tel.: (+99866) 240-20-18.
E-pochta: center@bukhari.uz
Masʼul shaxs: B.Amonov – Ziyorat turizmini rivojlantirish boʻlim boshligʻi
Tel: (99) 5286563
E-pochta: barotamonov@gmail.com