Home / XALQARO YANGILIKLAR / Misrdan nigoh: Oʻzbekistonda ijtimoiy-siyosiy, jumladan, diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarning yangi yoʻli kuzatilmoqda

Misrdan nigoh: Oʻzbekistonda ijtimoiy-siyosiy, jumladan, diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarning yangi yoʻli kuzatilmoqda

Misrda chop etiladigan “Al-Maxrusa al-Axbariya” va “Al-Xabar al-Yaum” nashrlari sahifalarida jurnalist Fotima Badavi qalamiga mansub “Oʻzbekistonda diniy islohotlar – xalqaro darajadagi ibrat namunasi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda bugungi kunlarda Oʻzbekistonda barcha diniy konfessiyalar uchun mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida samarali va erkin ishtirok etishiga imkon beradigan ijtimoiy-siyosiy, jumladan, diniy-maʼrifiy sohalardagi islohotlarning yangi yoʻli kuzatilayotgani maʼlum qilingan. Qayd etilganidek, davlat turli muammoli masalalarning hal etilishiga koʻmaklashish yoʻli bilan diniy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni, shuningdek, jamiyatda dinlararo hamda millatlararo tinchlik va hamjihatlik barqarorligi boʻyicha birgalikda taklif va chora-tadbirlar  ishlab chiqilishi va dinlararo muloqot madaniyati rivojlanishini taʼminlamoqda. Din sohasidagi bunday ijobiy tamoyil respublika rahbariyatining siyosiy irodasi va bu sohadagi izchil insonparvarlik siyosati tufayli yuzaga keldi.

Keyingi besh yil davomida Oʻzbekiston hududidagi adliya idoralarida hammasi boʻlib 61 ta diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtib, yuridik shaxs maqomini oldi. Maqolada taʼkidlanganidek, shu tariqa ularning umumiy soni 2 ming 300 taga yetdi.

Maqolada Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlar, jumladan, maxsus mandatariylar bilan diniy erkinlikni taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlikni faol rivojlantirayotgani alohida taʼkidlangan. 2017 yil oktyabrida BMTning diniy va eʼtiqod erkinligi boʻyicha maxsus maʼruzachisi Ahmed Shahid ilk marotaba Oʻzbekistonga keldi. Uning tavsiyalari hisobga olingan holda, parlament tomonidan din va eʼtiqod erkinligi taʼminlanishi boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Muallifning qayd etishicha, Oʻzbekistonda bu sohadagi qonunchilik va huquqiy amaliyotni takomillashtirish yuzasidan faol ishlar olib borilmoqda. Masalan, hozirgi paytda yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi nihoyasiga yetish arafasida turibdi. Uni ishlab chiqishda davlat organlari, jamoat tashkilotlari, diniy konfessiyalar, oddiy fuqarolar hamda xorijlik ekspertlarning takliflari hisobga olinmoqda.

Nashr taqdim etgan maʼlumotlarda qayd etilganidek, “2019-2020 yillari Oʻzbekiston tomonidan oʻtkazilgan «Mehr” insonparvarlik aksiyalarining natijasi oʻlaroq, mamlakatning ayollar va bolalardan iborat 300 nafardan ziyod fuqarosi Yaqin Sharqdagi qurolli toʻqnashuvlar hududlaridan Vatanga olib kelindi. Ularning tezroq reintegratsiyalashuvi va reabilitatsiyasiga koʻmaklashish maqsadlarida davlat darajasida  tibbiy, ruhiy, moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish boʻyicha majmuaviy chora-tadbirlar hayotga tadbiq qilindi. Olib kelingan fuqarolarning barchasini tinch hayotga va jamiyatga integratsiyalashuvi uchun zarur sharoitlar, uy-joy va ish bilan taʼminlash yoʻli bilan taʼlim va boshqa ijtimoiy dasturlardan bahramand boʻlish imkoniyatlari yaratildi».

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …