Home / KUTUBXONA / مجموع خافي(Majmuʼa Xofiy)

مجموع خافي(Majmuʼa Xofiy)

№ inv.   MR 147/V

Muallifi – nomaʼlum.

Fiqh. Asar namoz va poklikka oid turli masalalar keltirilgan boʻlib, ular oyat, hadislar, masalalar va rivoyatlar bilan yoritib berilgan.

Nusxa toʻliq emas.

Basmala (v. 48b).

Asar boshi (v. 48b) :

مسئلة مسلمانى نماز ميكندارد وشك افتادش كه از من آبي آن نمازرا 

Asar soʻngi (v. 106b) :

… هدا من التيمة الى هنا من مجموع خافي  …

Nastaʼliq. 58 varaq. (v. 48b-106b) ; 107a-119b varaqlarda iyd fitr xutbasi, takbir, iyd zuho xutbasi, bomdod, peshin, ramazon hayiti niyatlari va tashahhud duosi bor ; 118 fors tilida paygʻambarlar haqida maʼlumotlar bor ; 18 qator ; mistara ; poygir ; siyohi qora ; bob va fasllari qizil siyohda ; hoshiyasida sharh va toʻldirmalar bor ;  sharq qogʻozi ; kurrosa 8 ; matn oʻlchami: 190´110 mm.  varaq oʻlchami : 250´150 mm. varaqlar sharqona raqamlanmagan.

Muqova: Malla rangdagi sharq muqovasi, bosma naqshli, sharq muqovasi, turundj va lola. Tayakisi charmdan.

Qoʻlyozmaning holati:  old muqovasi yoʻq, asar muqovadan ajralgan, namdan zararlangan, qurt yegan.

QOʻLYOZMALAR BILAN ISHLASH VA MUZЕY BOʻLIMI
IBXITM Matbuot xizmati