(III) 2618. Abdurrahmon ibn Abu Bakr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan 130 kishi birga edik. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Birortangizda yegulik bormi?” dedilar. Qarasak, bir kishida bir soʻ yegulik bor ekan, oʻshani qorishdi. Keyin bir mushrik kishi suruv haydab kelib qoldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sotganimi yo sovgʻagami?” dedilar. U: “Yoʻq, sotgani”, dedi. Undan bir qoʻy sotib oldilar. Uni soʻyib, tayyorlashdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning jigar-talogʻini qovurishni buyurdilar. Allohga qasamki, 130 kishining ichida jigar-taloqdan Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kesim bermagan kishi qolmadi. Borlarning oʻziga berardilar, yoʻq boʻlsa, uning uchun olib qoʻyar edilar. Xullas, uni ikki yogʻoch tovoqqa boʻlib qoʻydilar. Hammalari yeyishdi. Biz toʻygach, oʻsha ikki tovoq ortib qoldi. Soʻngra uni tuyaga ortib oldik».