OT SHIDDATINING ORTISHI
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir safar Madina aholisi vahimaga tushdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam Abu Talhaning sekin yoʻrgʻalaydigan otini minib ketdilar.
Qaytib kelganlarida: “Bu otingiz dengiz ekan”, dedilar.
Shundan keyin u bilan chopishib boʻlmaydigan boʻlib ketdi».
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Manba: OʻzA