Home / FOTO LAVHALAR / Xalqaro seminarda oʻzbek olimining maʼruzasi tinglandi

Xalqaro seminarda oʻzbek olimining maʼruzasi tinglandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida 2020 yilning dekabr oyidan 2021 yilning mart oyiga qadar davom etadigan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzuidagi turkum anjumanlar doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn-seminarlar oʻtkazilmoqda.

2 mart kuni navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Germaniya va boshqa xorijiy mamlakatlardagi sharqshunos va islomshunos olimlar, ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi.

Bu galgi anjumanda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi, Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi professori Ilhom Bekmirzayevning “XI-XIII asrlarda Buxoroning ijtimoiy va madaniy hayotida Banu Moza (Oli Moza) faqihlarining tutgan oʻrni” mavzuidagi maʼruzasi tinglandi.

Anjuman soʻngida ishtirokchilarning mavzuga doir savollariga olim tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …