«SAHIHUL BUXORIY»…
(III) 1982. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ummu Sulaymning huzuriga kirdilar. Ummu Sulaym u zotga xurmo va yog‘ keltirdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yog‘ni meshkobiga, xurmoni idishiga qaytaring, chunki men ro‘zadorman», dedilar. So‘ngra uyning bir chetiga o‘tib namoz o‘qidilar.
Ummu Sulaym: «Yo Rasululloh, Anas uchun xos duoingizga ehtiyojim bor», dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam dunyo-yu oxiratning biror yaxshiligini qo‘ymay, «Allohim! Uni molu davlat, avlod-zurriyot bilan rizqlantir va unga baraka ber», deb haqqimga duo qildilar.
Mana, men ansorlarning eng badavlatlaridanman. Menga qizim Umayna aytib berdiki, Hajjoj Basraga kelganda pushti kamarimdan bir yuz yigirma nechasi dafn qilingan* ekan.»
* Duoning ijobati tufayli Anas roziyallohu anhu nafaqat badavlat va serfarzand bo‘lib ketgan, balki shu bilan birga umri ham uzoq bo‘lgan ekan.