Home / 2026 / Iyul (page 6)

Monthly Archives: Iyul 2026

MUQADDAS DINIMIZ MOHIYATINING NOTOʻGʻRI TALQIN QILINISHI VA UNING IJTIMOIY HAYOTGA TAʼSIRI

XXI asr globallashuv sharoitida axborot uzatish tizimi jadal rivojlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali har soniyada turli koʻrinishdagi xabar va yangiliklar tarqatilmoqda. Bunday jarayonda ayrim shaxslar internet orqali moʻmaygina pul topayotgan boʻlsa, yana kimdir qimor oʻyiniga aldanib qolmoqda. Yana kimdir biror tilni oʻrganayotgan boʻlsa, boshqa birov oʻz eʼtiqodidan kelib chiqib, dinni oʻrganmoqda. …

Batafsil

Mehmonning odoblari

Garchi qoʻyning bir poychasi pishirilib, mehmonga chaqirilsa ham, borish kerak, ayniqsa, solih va faqir kishilar chaqirganida. Nikoh ziyofatiga chaqirilganida kishi garchi roʻzador (nafl) boʻlsa ham, borishi mustahab. Zolim, fosiq, riyokor va bidʼatchining ziyofatiga borilmaydi. Chaqirilmagan joyga borilmaydi. Agar ikki qoʻshni bir vaqtda ziyofatga taklif qilsa, eng yaqininikiga boriladi. Agar ikkisi …

Batafsil

Iroqlik olim – Markaz mehmoni

“Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bagʻrikenglik va maʼrifat yoʻli” I Xalqaro islom forumi doirasida yurtimizga tashrif buyurgan Iroqdagi Imom Aʼzam Noʻmon ibn Sobit universiteti doktori Fahmiy Ahmad Abdurahmon Qazzoz Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga keldi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonni dastlab Imom Buxoriy muzeyi faoliyati, olim va tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoit va …

Batafsil

IMOM SARAXSIYNING MARKAZIY OSIYO HANAFIYLIK MAKTABI SHAKLLANISHIDAGI YONDASHUVI

📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamkorligida «MARKAZIY OSIYO – ISLOM MADANIYATI VA SANʼATI OʻCHOGʻI» turkumi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro onlayn ILMIY SEMINARga taklif etamiz. 👤 Seminarda Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti …

Batafsil

Raqamli makonda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik masalalari muhokama markazida boʻldi

Poytaxtimizda “Raqamli dunyoda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik barqarorligining dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Globallashuv va axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida eng dolzarb hisoblangan mavzulardan biriga bagʻishlangan mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Oʻzbekistondagi SHHT Xalq diplomatiyasi markazi, Konrad Adenauer jamgʻarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha …

Batafsil

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi professori nufuzli xalqaro jurnalda ilmiy maqola eʼlon qildi

International Journal of Artificial Intelligence and Machine Learning xalqaro ilmiy jurnalida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi professori Baxtiyor Toʻrayevning oʻzbekistonlik va hindistonlik olimlar bilan hammualliflikda tayyorlagan “Multi Task Pareto Optimization Algorithms for Balanced Performance Across Diverse Objectives” (“Turli maqsadlar boʻyicha muvozanatli natijalarga erishishga xizmat qiladigan koʻp vazifali Pareto optimallashtirish algoritmlari”) …

Batafsil

Ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi

Yurtimizda boʻlib oʻtgan “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bagʻrikenglik va maʼrifat yoʻli” I Xalqaro islom forumi doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida xorijiy olimlar va ilmiy muassasalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazildi. Anjumanning faxriy mehmonlaridan biri — Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” islomiy meros fondi (Al-Furqan Islamic Heritage Foundation) direktori Sali Shohsuvoriy Markazga …

Batafsil

“Tasavvuf: oʻtmish, bugun va kelajak” turkumidagi xalqaro onlayn seminarlar davom etadi

✅ Avval xabar berganimizdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi va Marmara universiteti (Turkiya) hamkorligida “Tasavvuf: oʻtmish, bugun va kelajak” mavzusi doirasida xalqaro onlayn ilmiy seminarlar turkumi yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur yirik ilmiy loyiha doirasida yurtimiz va xorijlik taniqli olimlar ishtirokida tasavvuf tarixi, uning bugungi kundagi ahamiyati va …

Batafsil