Home / 2026 / Iyul (page 5)

Monthly Archives: Iyul 2026

Markazning Telegram kanali ham rasmiy maqom oldi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining raqamli ekotizimini shakllantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida navbatdagi muhim qadam qoʻyildi. Markazning mamlakatimizda eng ommabop va tezkor axborot maydoni hisoblangan Telegram kanali ham verifikatsiyadan oʻtkazilib, unga rasmiylik maqomini tasdiqlovchi yulduzcha belgisi berildi. Bu yutuq yaqinda Facebook va Instagram sahifalarimiz rasmiy maqom olganidan keyin amalga …

Batafsil

“Movarounnahr yozgi seminarlari”ning qamrovi kengaymoqda

Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida “Movarounnahr beshinchi yozgi seminarlari” doirasidagi malaka oshirish oʻquvlari boshlandi. Aytish kerakki, bu mavsumdan ishtirokchi davlatlar geografiyasi sezilarli darajada kengaydi. Ilmiy oʻquv dasturida 10 davlatdan kelgan 30 tadqiqotchi ishtirok etmoqda. Xususan, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Kosovo, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Tatariston (Rossiya Federatsiyasi)dan vakillar jam boʻlgan. Yurtimizdan …

Batafsil

Sunʼiy intellekt va sinergetik tafakkur: Toshkentda yangi jamoaviy monografiya taqdimoti

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida oʻzbek falsafasi va zamonaviy ilm-fani uchun muhim voqelik — “SINERGETIKA-4: Sunʼiy intellekt” nomli jamoaviy monografiyaning taqdimoti boʻlib oʻtdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Samarqand davlat universiteti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Diniy-maʼrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda …

Batafsil

OTA-ONA bilan 50 ta TELEFON ODOBI

OTA-ONA bilan 50 ta TELEFON ODOBI ni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:   KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA XUDOYIM TAOLO MARHAMAT QILADI:  “Biz insonni OTA-ONASIGA yaxshilik qilishga buyurdik!” (Ahqof surasi 46/15 oyat);  «Biz insonga OTA-ONASINI rozi qilishni buyurdik. ONASI uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida koʻtarib yurdi.  Uni koʻkrakdan ajratish muddati ikki yilda bitar. Biz insonga buyurdikki “Sen Menga va OTA-ONANGGA shukr qilgin! …

Batafsil

Imom Saraxsiy merosiga bagʻishlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida «Markaziy Osiyo hanafiylik maktabi shakllanishida Imom Saraxsiyning oʻrni» mavzusida xalqaro onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti Ilohiyot fakulteti Islomshunoslik kafedrasi mudiri, dotsent doktor Ayitmamat Kariyev Zoom platformasi orqali maʼruza qildi. Olim islom huquqi tarixida hanafiylik mazhabining shakllanish bosqichlari, bu huquqiy maktabning Markaziy Osiyoda …

Batafsil

Forum ishtirokchisining minnatdorlik maktubi

Islom sivilizatsiyasi boʻyicha xalqaro ekspert, ICESCO maslahatchisi, Jahon islom ligasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi merosini asrash komissiyasi (Buyuk Britaniya, London) Bosh direktori Sali Shahsuvoriydan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, professor Shovosil Ziyodovga maktub keldi. Unda muallif 7-11-iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida oʻtkazilgan “I Islom sivilizatsiyasi forumi: Tinchlik, bagʻrikenglik …

Batafsil