Home / 2023 / Iyun (page 3)

Monthly Archives: Iyun 2023

USTOZNING SHOGIRDIGA DЕGANLARI

Oltinchi dars. Ilm olish odobi Ey oʻgʻlim! Tetiklik va jiddu jahd bilan ilm talabiga kirishgin. Vaqtingga eʼtiborli boʻlginki, sen manfaat olmagan biror soniyasi oʻtib ketmasin.  Ey oʻgʻlim! Ustozingni dars paytida tinglashdan oldin oʻtiladigan mavzuni oʻzing yaxshilab mutolaa qilib ol. Biror masala noaniq boʻlib qolsa, doʻstlaringdan soʻrashdan tortinma. Chunki, birgalikda tushunganning …

Batafsil

AHLI OILAGA QILINGAN NAFAQA HAM SADAQADIR

Bir hadis sharhi Imom Buxoriyning shoh asari boʻlmish “Sahihul Buxoriy” toʻplamidagi hadislar hayotning barcha jabhalarini qamrab oladi. Inson ahli oilasiga nafaqa qilish haqidagi rivoyatlar shular jumlasidandir. Ulamolar shunday hadisi shariflardan birini qanday sharhlagani va unda bayon etilgan masalalarni koʻrib chiqsak. Abu Masʼud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi …

Batafsil

JORIY HAFTADA TARGʻIBOT TADBIRLARI JIZZAX VILOYATIDA OʻTADI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining targʻibotchilar guruhi boshlangan haftada Jizzax viloyatida ish olib borishadi. Viloyatdagi “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida rejalashtirilgan tadbirlar bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Jizzax politexnika institutida boshlandi. Kunning ikkinchi yarmida targʻibot ishlari Jizzax shahrining  “Qaliya” va “Olmazor” MFYda davom etdi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati

Batafsil

IMOM AL-BUXORIYNING MUBORAK YoSHLIK YILLARI QANDAY OʻTGAN EDI?

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Mugʻiyra ibn Bardizbah. Boshqa bir rivoyatda – Bazduzbah. Buxorocha bu soʻzning maʼnosi – dehqon.    Abu Abdulloh 194 yil shavvol oyida tavallud topganlar.    Yoshlik paytlarida Muhammad ibn Ismoilning koʻzlari koʻrmay qoldi. Onalari tushlarida Ibrohim alayhissalomni koʻrdilar. Ibrohim alayhissalom aytdilar: “Ey ona! …

Batafsil

MOʻTABAR MANBA “Sahihi Buxoriy”ga nisbatan ishonchsizlik uygʻotish kimga kerak boʻlib qoldi?

Tarixdan maʼlumki, buyuk muhaddislarimizga taʼna qiluvchi, hadis va sunnatga nisbatan ommada shubha uygʻotuvchi toifalar turli davrda turli nomlar bilan oʻz imzolarini qoʻyishga ishtiyoqmand boʻlgan. Ularning aksariyati, asosan, Imom Buxoriy va “Al-Jomeʼ as-sahih” asariga nisbatan gʻarazli harakatda boʻlgani va bugungi kunda ham mazkur illat dunyoning turli burchaklarida koʻrinish berayotgani hech kimga …

Batafsil

TARGʻIBOTCHILARNING NAVBATDAGI MANZILI – ZARAFSHON SHAHRI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi mahallalar ahli bilan targʻibot tadbirini oʻtkazdi.      “Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusidagi tadbir shahardagi Yoshlar markazi binosida “Konchilar”, “Oltin vodiy”, “Bahor”, “Yulduz” MFY faollari ishtirokida tashkil etildi. Unda targʻibotchilar mamlakatimiz miqyosida olib borilayotgan …

Batafsil

RASULI AKRAMGA VAHIY QAY TARZDA KЕLAR EDI?

Imom Buxoriy oʻz “Sahih”ida amallar debochasi hisoblangan niyat toʻgʻrisidagi hadisni keltirganidan soʻng, niyat va amallarni isloh qilish uchun asosiy vosita boʻlgan “vahiy” toʻgʻrisidagi hadislarni bayon etgan. حدثنا عبد الله بن يوسف قال: أخبرنا مالك عن هشام بن عروة عن أبيه عن عائشة أم المؤمنين رضى الله تعالى عنها أن الحارث …

Batafsil

AQLNING MAʼDANI – QALB

Koʻpchilik islom olimlari mana shu fikrni tasdiqlaydi. Ular oʻz soʻziga quyidagilarni dalil qiladi: Qurʼoni karimda Alloh taolo: “Ular yer yuzida sayr qilmaydilarmi?! Ularda anglaydigan qalblar yoki eshitadigan quloqlar boʻlardi. Aslida koʻzlar koʻr boʻlmaydi. Lekin koʻkraklardagi qalblar koʻr boʻladi”[1], deydi. Shu oyatga binoan ilmning maʼdani qalb ekaniga ittifoq qilingan. Qalb ilmning maʼdani ekan, …

Batafsil

ANSORLARNI YAXSHI KOʻRISH – IMON ALOMATI

Kim ansorlarning darajasini, islomni qoʻllab-quvvatlash, yoyish va ilk musulmonlarga koʻrsatgan yordamini, din yoʻlidagi fidoyiligini bilib, anglab, ularni yaxshi koʻrsa, bu uning imonli ekaniga dalildir.  Ansor – “yordam beruvchi” degani boʻlib, asli madinalik musulmonlardir. Ular Paygʻambarimiz alayhissalom boshchiligidagi Makkadan koʻchib kelgan muhojirlarga uyi, mol-mulki va qaramogʻidagilar bilan yordam bergan kishilardir. .«عَنْ …

Batafsil

IMOM BUXORIYNING “BIRRUL VOLIDAYN” ASARI QOʻLYOZMA NUSXASI

Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi olimlar, tadqiqotchilar va sharqshunoslar tomonidan keng oʻrganilib kelmoqda. Yurtimizda ham buyuk muhaddisning maʼnaviy merosi va ibratli hayoti jadallik bilan tadqiq etilmoqda. Buyuk vatandoshimiz hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyning hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganar ekanmiz, uning dunyoqarashi, ichki olami gʻoyat ibratli va koʻp jihatlari …

Batafsil