Home / 2023 / Fevral (page 3)

Monthly Archives: Fevral 2023

OYATLAR BILAN HUKM QILMAGANLARNI KOFIRGA CHIQARISH MASALASIDA ULAMOLARNING QARASHLARI

Islom dini insonlarni ilm, hamjihatlik va ahillikka chorlaydi. Ular orasida johillik, firqalanish va oʻzaro kelishmovchilik keltirib chiqaradigan har qanday gʻoya, qarash va chaqiriqlarni keskin qoralaydi. Axborot asri boʻlmish hozirgi kunlarda har xil radikal va ekstremistik gʻoya egalari musulmonlarni oʻn toʻrt asrdan beri amalda boʻlib kelgan toʻrt fiqhiy mazhab ulamolarining asarlari …

Batafsil

MARKAZGA MASHHUR ASAR NUSXASI KЕLTIRILDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga muhaddislar sultoni qalamiga mansub “Al-Jomeʼ as-sahih” asarining 3 jilddan iborat arab va indonez tillaridagi nusxasi olib kelindi. Kitoblar Markazga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Armida Alisjabana tomonidan taqdim etildi. Alisjabana xonim oʻtgan yilning …

Batafsil

TURKIYALIK HADISSHUNOS OLIMLAR – MARKAZ MЕHMONI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Anqara Yildirim Boyazid universiteti katta ilmiy xodimi Aliasqarxon Qosimov hamrohligida Turkiya Respublikasining Diniy ishlar vazirligi fatvo hayʼati raisi, Anqara universiteti professori, Ilohiyot fakultetining hadisshunoslik boʻlimi mudiri Enbiya Yildirim va Ordu universiteti dotsenti Yunus Yazichi tashrif buyurdi.     Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarga bu yerda olib …

Batafsil

JOHILLIKNING DAVOSI

Jaholat va johillikning eng asosiy davosi kitob oʻqishdir. Zero, kitob insonning eng yaqin doʻsti va maslahatchisi, aql qayrogʻi va bilim manbaidir. Unga oshno kishi dunyo va oxirat sharifi boʻlgan ilmni egallaydi. Alhamdulillah, yurtimizda barcha sohalarga oid boʻlgan kitoblar va adabiyotlar kun sayin ortib bormoqda. Birgina diniy yoʻnalishda tafsir, Qurʼoni karim …

Batafsil

ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QOʻSHGAN HISSASI

Movarounnahr va Xorazm yurti IX-XI asrlarda oʻz bagʻrida koʻplab qomusiy olimlarni yetishtirdi. Shunday buyuk olimlardan biri Xorazmlik Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi. Beruniy yetuk astronom, geolog, farmolog, tarixchi, faylasuf, filolog va shoirdir.U astronomiya, geologiya, gidrostatika, va geografiya sohasidagi ilgʻor fikrlari bilan Kopernik, Leonardo da Vinchi va boshqa olimlarning kashfiyotlarini koʻp jihatdan …

Batafsil

MARKAZNING XALQARO ALOQALARI GЕOGRAFIYASI KЕNGAYMOQDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Avstriya Fanlar akademiyasi huzuridagi Eronshunoslik instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolandi. 1847 yilda bilimdonlar jamiyati sifatida tashkil etilgan Avstriya Fanlar akademiyasi bugungi kunda ushbu mamlakatdagi eng yirik ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlib, uning 800 ga yaqin aʼzosi va 1800 nafar xodimi bor. Akademiya madaniyat …

Batafsil

Mutaassiblik ofatlari

Yurtimizdagi xotirjamlik va barqarorlik tufayli xalqimiz barcha ibodatlarni emin-erkin qilmoqda. Xonadonlarda toʻy-u tomoshalar, bayram-u shodiyonalar boʻlmoqda. Bu neʼmatlarga chin maʼnoda shukrona qilish va ularning qadriga yetish kerak. Din niqobidagi turli buzgʻunchi oqim va firqalar mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlar oʻrtasidagi ahillikka raxna solish maqsadidan qaytgani yoʻq. Bu esa har …

Batafsil

OBID NAMANGONIY ZAMONASI HAQIDA (“Tuhfat ul-obidin va anis ul-oshiqin” bayozi asosida)

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy oʻzgarishlar oʻzbek adabiyotiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Oʻzbek adabiy harakatiga yangi yoʻnalishlar, yangi rux, yangi mavzular kirib keldi. Bu davrda oʻzbek adabiyotida yangi nomlar paydo boʻldi va ularning ijodi vaqtli matbuotda yoritilib borildi. Ularning koʻplari bayozlar, toʻplamlar, devonlar holida chop …

Batafsil

SHOH VA SHOIR YODI BARHAYOT

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Zahiriddin Muhammad Bobur ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzuida tadbir boʻlib oʻtdi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov Mirzo Boburning ibratli hayot yoʻli, yuksak insoniy fazilatlari, asarlarida tarannum etilgan gʻoya …

Batafsil

Saodat sari…

Insonning nafaqat tani, balki ruhi ham davoga muhtoj. Sababi, sogʻlom badanda harakatga kelgan nuqsonli ruh pirovardida, jamiki hujayralarni zararlaydi. Xoʻsh, ruhdagi xastalik alomatlari qanday namoyon boʻladi? Bu birinchi navbatda, Yaratganga ishonmaslik, kibr-u havo, mutaassibona qarash, oʻzlikdan yiroqlashish, sabrsizlik, yolgʻon soʻzlash, hasad, igʻvo, gʻiybat va hokazo kabi illatlar vositasida voqelikka koʻchadi. …

Batafsil