Home / 2023 / Yanvar

Monthly Archives: Yanvar 2023

YANGI MUZЕY EKSPOZITSIYASIDA NOYOB MUHRLARNI NAMOYISH ETISHNING AHAMIYATI

31 yanvar kuni Toshkentda “Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid dolzarb masalalar” mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizning yetakchi olimlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori Shovosil Ziyodov ham qatnashdi va “Islom …

Batafsil

ILMU MAʼRIFAT — TINCHLIK, TARAQQIYOT VA INSON KAMOLOTI ASOSI

Bismillahir Rohmanir Rohim. Prezidentimizning 2022 yil 20 dekabr kuni Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi ustuvor maqsad va vazifalarni, yangi marralarni belgilab berdi. Davlatimiz rahbari 2023 yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilib, ayni yoʻnalishlarni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan istiqbolli taklif …

Batafsil

MUHAMMAD IBN HASAN SHAYBONIY ILMIY MЕROSIGA BAGʻISHLANDI

Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasidagi Bulgʻor islom akademiyasida buyuk hanafiy olim Muhammad ibn Hasan Shayboniy hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Alloma hijriy 132 yili dunyoga kelgan. Ilmga ishtiyoqi kuchliligidan oʻsmirligidayoq ilm maskani sanalgan Kufaga koʻchib borgan. Muhammad ibn Hasan Shayboniy oʻz davrida Abu Hanifaga shogird tushgan, Abu Yusuf …

Batafsil

SHARQ ALLOMALARI ILMIY MЕROSIDA JAMIYAT IDЕOSFЕRASIDAGI OʻZGARISHLAR TOʻGʻRISIDAGI QARASHLAR

Agar ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixiga nazar tashlasak, jamiyat ideosferasidagi oʻzgarishlarning insoniyat taraqqiyotiga taʼsirini ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy meroslarida koʻrishimiz mumkin. Buyuk allomalar, tarixiy shaxslar, siyosiy arboblar oʻzlarining hayot saboqlari, tarix tajribalari va oʻz oldlariga qoʻygan maqsadlarini eʼtiborga olib jamiyat ideosferasidagi oʻzgarishlar orqali jamiyat, millat taraqqiyotiga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatishga harakat qilganlarining …

Batafsil

IBN XALDUN INSON JAMIYATINING TANAZZULI SABABLARI TOʻGʻRISIDA

Oʻrta asrning buyuk olimi, faylasufi va mutafakkiri Abdurahmon ibn Muhammad ibn Xaldunning ilmiy qarashlari hamda merosi hozirda ham  oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Ibn Xaldun 1332 yilda Shimoliy Afrikaning Tunis shahrida tugʻilib, oʻz davrining olimlaridan Qurʼon, hadis, huquq, tilshunoslik kabi fanlarni oʻzlashtirgan. Mutafakkir tarix, tasavvuf, mantiqqa doir asarlar va sheʼrlar yozgan. Alloma …

Batafsil

GIDLAR UCHUN MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida “Diniy mavzularda ekskursiyalar oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Samarqand shahrida faoliyat koʻrsatuvchi gid va ekskursovodlarning malaka oshirish dasturi doirasida tashkil etilgan tadbirda Markaz direktori, …

Batafsil

ABU MANSUR MOTURIDIYNING PAZDALIK SHOGIRDI

Qashqadaryo vohasi qadimdan yirik olimlar, mutafakkirlar, maʼrifatparvarlarni kamolga yetkazgan goʻshadir. Manbalarda ilm-fanning turli sohalarida faoliyat olib borib, katta yutuqlarga erishgan 300ga yaqin Nasafiy nisbasi ega olimlar zikr etiladi. Shuningdek, vohaning yana bir qadimiy manzillaridan biri “Pazda” (arab manbalarida “بَزْدَة” – Bazda, forsiy va turkiy manbalarda “پَزْدَة” “Pazda” shaklida kelgan( shaharchasi boʻlib, …

Batafsil

ISLOMDA KAFOAT MASALASI

Islom huquqida nikohning qoʻshimcha sharti sifatida “kafoat” koʻrsatiladi. Kafoat – lugʻatda “teng boʻlish”, “barobar boʻlish” maʼnosida keladi. Islom huquqida esa nikohlanayotgan tomonlarning, toʻgʻrirogʻi erning ayolga teng yoki mos boʻlishiga aytiladi. Nikohda tenglik quyidagi olti narsada namoyon boʻladi: nasl­-nasab, din, ozodlik, boylik, hunar va dindorlik. Fikrimizcha, bu shartlar nisbiydir. Shuningdek, u …

Batafsil

“SAHIHI BUXORIY SHARHI” 1-2-JILDLAR

Muallif: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy ️ Mazkur nashr muhaddislar sultoni, buyuk vatandoshimiz Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan bitilgan, “Sahihi Buxoriy” nomi bilan shuhrat qozongan – “al-Jomeʼ as-sahih” (“Ishonchli toʻplam”) kitobining ilmiy-izohli tarjimasi, sharx va tadqiqotiga bagʻishlangan. “Sahihi Buxoriy birinchi jildida 1-7-hadislar, ikkinchi jildida 8-58-hadislar batafsil izohlangan boʻlib, …

Batafsil

MOVAROUNNAHR ALLOMALARINING ISLOM SIVILIZATSIYASIGA QOʻSHGAN HISSASI

Alloh subhanahu va taolo birinchi hijriy asrda Movarounnahr diyorini Oʻzining oxirgi va mukammal dini Islom nuri bilan munavvar qildi. Bu diyor ahlining koʻpchiligi Islomni ochiq qalb bilan qabul qildi. Ularning Islomi goʻzal boʻldi. Zotan Alloh taoloning Oʻzi bu diyor odamlarini ularga bergan ajoyib tabiat va qobiliyatlarga mos va ularning rivojiga …

Batafsil