Home / 2023 (page 57)

Yearly Archives: 2023

ILM-MAʼRIFAT, OGOHLIK, HUSHYORLIK jaholatga qarshi kurashishda mustahkam poydevordir

Bismillahir Rohmanir Rohim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 17 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrifi chogʻida Bahouddin Naqshband majmuasini ziyorat qilib, din sohasi vakillari, ulamolar bilan ochiq va samimiy suhbat qurgani bejiz emas. Zero, Buxoro ilm-maʼrifat va ilohiyotning rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshgan, Oʻrta asrlar musulmon olamida “Qubbat ul-islom” (“Islom dinining gumbazi”), …

Batafsil

MARKAZ XALQARO TURIZM FЕSTIVALI QATNASHCHILARINI QARSHI OLDI

Shu kunlarda Oʻzbekiston boʻylab davom etayotgan III Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali qatnashchilari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mehmon boʻldi. Festival 2022 yil noyabr oyida yurtimizda oʻtkazilgan Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi mobaynida Jahon soʻfiylar markazi Bosh kotibi Abdulkarim Hadoid bilan erishilgan kelishuvga asosan tashkil etilgan boʻlib, 22 fevral kuni poytaxtimizda start …

Batafsil

ISHORAI SABBOBADA KOʻRSATKICH BARMOQNI QIMIRLATISH

“Ishorai sabboba” – bu namozda tashahhudning “Laa ilaaha illalloohu” kalimasini aytish chogʻida oʻng qoʻlning koʻrsatkich barmogʻini yuqoriga koʻtarishga aytiladi. Koʻrsatkich barmoq arab tilida “sabboba” deyiladi. Mazkur ishora ushbu barmoq bilan bajarilgani uchun “ishorai sabboba” deb nomlangan. Bu kalima nafiy va isbotni oʻz ichiga olgan boʻlib, ishora ham shu ikkisini oʻz …

Batafsil

JALOLIDDNIN RUMIYNING FAOLIYATI VA ILMIY MEROSINI OʻRGANISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI

Mavlono Jaloliddin Muhammad ibn Bahovuddin Valad al-Balxiy Rumiy nomi bilan jahonga dong taratgan allomaning taxallusi borasida ham fan olamida bir qator gipotezalar mavjud. Mavlono tugʻilgan joyi nisbatiga koʻra “Balxiy”, doʻsti Shams Tabriziy xotirasiga “Tabriziy” va yashash makoniga koʻra “Rumiy” taxalluslari ostida ijod qildi. Bu nomlar orasida esa u koʻproq Rumiy …

Batafsil

MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman

Poytaxtimizda “Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid dolzarb masalalar” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiya ishida Fanlar akademiyasi vitseprezidenti Bahrom Abduhalimov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi oʻrinbosari Homidjon Ishmatbekov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov, shuningdek, tarixchi, arxeolog, sharqshunos, muzeyshunos olimlar, soha mutaxassislari, tadqiqotchilar ishtirok etdi. …

Batafsil

ADASHGAN OQIMLARGA QARSHI KURASHISHDA KALOM ILMINING AHAMIYATI

Barchamizga maʼlumki, Islom dini haqida bilimlarini oshirish maqsadida oʻqib-oʻrganayotgan, xususan internet tarmogʻidan foydalanayotgan yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlarning soni ortib borayapti. Ammo, ana shu saytlarning barchasida ham aqidaviy masalalarda bizning diyorimizda anʼana boʻlgan Moturidiya aqidasiga muvofiq fikrlar berilmaydi. Aqida masalalarida yetarli bilimga ega boʻlmaganlar oʻzlari bilmagan holda Moturidiya aqidasiga xilof boʻlgan masalalarda …

Batafsil

ISLOM – TINCHLIK VA MAʼRIFAT DINI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialida ”Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Islom – tinchlik va maʼrifat dini” mavzuida maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Markaz direktorining oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Otabek Muhammadiyev, boʻlim boshligʻi Tohir Evadullayev, filial direktorining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar …

Batafsil

ABU ABDULLOH AHSIKATIY (vaf.644/1246)

Ahsikat shahri Buyuk Ipak yoʻli rivojida muhim oʻrin tutgan. U sanʼat, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, hunarmandchilik sohasi qadim zamonlardayoq rivojlangan markazlardan biri boʻlgan. Miloddan avvalgi II-I asrlarga oid Xitoy yozma manbalari va arab sayyohlari Maqdisiy va Istahriylarning (VIII-IX asr) maʼlumotlarida: “Axsikat uch qism Shahriston, Rabot, Arki aʼlo podshoh qarorgohidan iborat. Shaharning …

Batafsil

MAHMUD LOMISHIYNING “TAMHID” ASARIDA “ALLOH TAOLONI KOʻRISH” MASALASI

Kalom ilmidagi mavzular orasida qiyomatda Alloh taoloni koʻrish masalasi alohida oʻrin egallaydi. Tarixda adashgan toifalar tomonidan turli talqin qilingan mazkur mavzu boʻyicha ahli sunna val jamoa naqliy va aqliy dalillar asosida oʻz qarashini ilgari surgan. Bu borada mutakallim Mahmud Lomishiy oʻzining “Tamhid” asarida shunday deydi: “Ahli sunna val jamoa eʼtiqodiga …

Batafsil

IFTIXORIDDIN BUXORIY – YETUK FAQIH ALLOMA

Movarounnahr diyori oʻz bagʻrida koʻplab zabardast ulamolar, fuqaholar va muhaddislarni yetishtirgan. Muqaddas islom dini kirib kelib mustahkam tomir yoygan kezlardan to islom uygʻonish davrining soʻngi asriga qadar yurtimizdan diniy va dunyoviy sohalarda peshqadam boʻlgan qomusiy allomalar hamda yetuk ulamolar yetishib chiqdilar. Ularning har birlari oʻz sohalari bilimdoni boʻlibgina qolmay, fanning …

Batafsil