Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Oʻzbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Anjumanda Markaz ilmiy xodimlari, institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, …
BatafsilYearly Archives: 2023
Ali ibn Abdulaziz Bagʻoviy
(vaf.286/899) Alloma Xurosonning Marvarroʻz va Hirot orasidagi Bagʻshoʻr (Bagʻ) shahrida tugʻilgan va shu yerning nomi bilan Bagʻoviy nisbasini olgan. Toʻliq ismi Abu Hasan Ali ibn Abdulaziz Marzubon Bagʻoviy. U dastlab Bagʻshoʻr shahridagi ulamolardan, keyinchalik Basra, Bagʻdod, Shom kabi oʻlkalardagi mashhur muhaddislardan tahsil olgan. Ali ibn Abdulaziz Bagʻoviy ilm talabidagi safarlaridan …
Batafsil“HIZBUT TAHRIR” DAʼVOLARIGA RADDIYALAR (Xalifalik borasida)
Bugungi kunda oʻzlarini ahli sunna val jamoa tarkibida deb daʼvo qilib, islom davlatini barpo etishga va islom dini aqidasiga zid ishlarga daʼvat etayotgan “Hizbut tahrir” oqimi va uning domiga tushib qolganlarda atrofidagilarga nisbatan nafrat tuygʻusi shakllanib qolgan. Ular boshqalarni islomga, imon-eʼtiqodga chaqirishadi-yu, ammo qalblarida oʻzi vaʼz qilayotganlarga nisbatan nafratni saqlaydi. …
BatafsilInson oʻzidan yaxshi odat qoldirishi ulkan savobdir
Bugun yurtimizda bardavom boʻlib turgan tinchlik, oilamizdagi toʻkin-sochinlik Alloh taoloning bizga bergan cheksiz neʼmatidir. Tinch–osuda har bir kunda oʻzgalar mushkulini aritish, oʻksik qalblarni shod etish chin maʼnoda ulkan bir insoniylikdir. Islom fitratida kamolga yetgan har bir inson yordamga muhtoj qatlamga yaxshilik qilish harakatida boʻladi. Bu toifani Haq taolo va barcha …
Batafsil“Biz yot gʻoyalarga qarshimiz”
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Biz yot gʻoyalar va axborot xurujlariga qarshimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Markaz ilmiy xodimlari, filial rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. Markaz ilmiy xodimi Bayozxon …
BatafsilDIQQAT, EʼLON!
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Turkiyaning Marmara universiteti hamkorligida oʻtkazilayotgan “AHMAD YASSAVIY VA OʻRTA OSIYODA YASSAVIYLIK TARIQATI” mavzusidagi onlayn seminarga taklif etamiz. Seminarda Marmara universiteti Ilohiyot fakulteti professori Dr. Nejdet Tosun maʼruza qiladi. Onlayn seminar 2023-yil 30-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da boshlanadi. Konferensiyada onlayn tarzda quyidagi ZOOM videokonferensiya platformasi orqali ishtirok etish …
BatafsilUchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning maʼrifiy haqiqatlari
MAʼNAVIY POYDЕVOR Yurtimizda tinchlik deb atalmish ulugʻ neʼmat hukm surmoqda. Ana shu neʼmat soyasida har yili Prezidentimiz tomonidan ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarilayotgani milliy-diniy qadriyatlarimiz, azaliy urf-odatlarimizga yuksak hurmat va ehtiromning amaliy inʼikosidir. Yangilanayotgan diyorimizda tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat, oʻzaro hamjihatlik, himmat va saxovat kabi anʼanalarimiz tobora mustahkam qaror …
BatafsilKoʻngillarga quvonch-u surur olib kirish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir
EZGU AMALLAR IFODASI Muqaddas dinimiz kishilarni bir-biriga yaxshilik qilishga, mehr-muruvvat va saxovat koʻrsatishga chaqiradi. Ayniqsa, Ramazon oyida bu kabi insoniy qadriyatlar yanada keng quloch yozib, koʻngillarga surur va shukuh olib kiradi. Ushbu muborak oyda moʻmin kishi roʻza tutish bilan birga, koʻproq toat-ibodat, tilovat, zikrlar qiladi. Yaqinlari hamda doʻst-u yorlarini ziyorat …
BatafsilISLOM OLAMINING YIRIK ILMIY MUASSASASI
Dunyo hamjamiyati mamlakatimizda buyuk muhaddis Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalar qoldirgan boy maʼnaviy xazinani asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga toʻla-toʻkis yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berayotgani bejiz emas. Zero, xayrli harakat — buyuk ajdodlarimizning nomlarini yanada ulugʻlash, beqiyos maʼnaviyat xazinalaridan bahramand boʻlish va nomlarini abadiylashtirish borasidagi savobli ishlar …
BatafsilRahmat va magʻfirat oyi
Ramazon oyi ham kirib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan Madinaga hijrat qilganlari (koʻchib oʻtganlari)dan ikki yil oʻtib, shaʼbon oyining 18-kuni Ramazon roʻzasi farz qilindi. Shundan buyon bu oyni dunyo musulmonlari katta xursandlik bilan kutib oladi. Jumladan, yurtimiz musulmonlari ham kunduzlari roʻza tutib, kechalari tarovih namozlarida qoim boʻlmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi …
Batafsil