Maʼlumki, sovet tuzumi davrida diniy qadriyatlarimiz toptaldi, islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk allomalarimiz ilmiy merosini oʻrganish taʼqiqlandi. Mustaqillik yillarida esa mamlakatimizda diniy qadriyatlarni tiklash boʻyicha koʻplab tadbirlar amalga oshirildi. Bunda yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar ilmiy merosini oʻrganishga katta eʼtibor qaratildi. Xususan, Imom Buxoriy ijod mahsulini oʻrganish va …
BatafsilYearly Archives: 2023
Arxeologik tadqiqotlarni davom ettirish muhimdir
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning turkiyalik va rossiyalik sovrindorlari, mamlakatimiz va xorijdagi oliy taʼlim va ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Italiya, Xitoy, Pokiston, …
BatafsilIMOM BUXORIYNING RIHLATI
Muhaddislar ilm yoʻlidagi safarlarga “rihlat” atamasini ishlatgan. Tarixan hadis talabidagi safarlar sahoba va tobeinlar davridayoq boshlangan. Ulardan ayrimlari bitta hadis uchun bir oylik yoʻlni bosib oʻtgani haqida rivoyatlar ham bor. Xususan, “Sahihul Buxoriy”da quyidagi xabarni oʻqish mumkin: “Jobir ibn Abdulloh birgina hadis(ni tinglash) uchun Abdulloh ibn Unays huzuriga bir oylik masofani bosib …
BatafsilZARAFSHON VODIYSINING OʻRTA QISMIDA ISLOMLASHUV
DIQQAT, EʼLON! Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan “ZARAFSHON VOHASI MADANIY BOYLIKLARI” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Boloniya universiteti tarix va madaniyat fakultetining Hindiston va Markaziy Osiyo arxeologiyasi va sanʼati …
BatafsilMarkazda yana bir stipendiat tadqiqot boshladi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining navbatdagi sovrindori – Rossiya Federatsiyasidagi Sankt-Peterburg davlat universiteti sharqshunoslik fakulteti Uzoq Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasi dotsenti Irina Katkova izlanishlar va ilmiy amaliyot oʻtash uchun keldi. Stipendiatni direktor Sh.Ziyodov qabul qilib, Markazdagi ilmiy tadqiqotlarida muvaffaqiyat tiladi. Irina xonim samimiy qabul …
BatafsilOʻZBЕKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SAMARQAND VILOYATIDA ZIYORAT TURIZMINING RIVOJLANISHI
Samarqand viloyati muqaddas ziyoratgohlarga boy hududlardan biridir. Islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk shaxslar abadiy qoʻnim topgan joylar mustaqillik yillarida obodonlashtirildi. Bunday manzillar odamlar ziyorat qiladigan joylarga aylantirildi. Viloyatdagi ziyoratgohlar nafaqat Oʻzbekiston aholisi uchun, balki islom olami uchun ham muqaddasdir. 2020 yildagi maʼlumotlarga koʻra Samarqand viloyatida 1851 ta moddiy-madaniy …
BatafsilMARKAZ XALQARO HAMKORLARI SONI ORTMOQDA
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Qozogʻiston Respublikasi Fanlar akademiyasi R.Suleymanov nomidagi Sharqshunoslik instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur institut Markaziy Osiyo davlatlarining sharqshunoslik sohasidagi yetakchi ilmiy markazlaridan hisoblanadi. Qozogʻiston Respublikasi hukumatining tegishli qarori asosida 1996 yilda tashkil etilgan bu ilm dargohining asosiy maqsad va vazifasi sharqshunoslik …
BatafsilMAZHABSIZLIK VA UNING SALBIY OQIBATLARI
Hozirda ayrim shaxslar tomonidan ilgari surilayotgan mazhabsizlik gʻoyasi islom shariatini toʻgʻri tushunishga xavf solayotgan xatarli omillardan biridir. Mazhabsizlik gʻoyasi oʻtgan minglab olimlarning qilgan mehnatlarini, qancha mashaqqat bilan umr sarflab yaratilgan noyob manbalarni bekorga chiqaradi. Asrlar davomida barcha musulmonlar amal qilib kelgan anʼanalar notoʻgʻri, shuncha musulmon adashgan ekan, degan xulosaga olib …
BatafsilManbalarni oʻrganishda hamjihatlik zarur
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Qozogʻiston Fanlar akademiyasi R.Suleymanov nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini oʻrganishga oid Oʻrta asr oʻzbek va qozoq manbalari” mavzusida xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz olimlari, Samarqand viloyati ilmiy jamoatchiligi vakillari, Qozogʻiston, Rossiya va Turkiyadan tadqiqotchilar ishtirok etdi. …
BatafsilQOZOGʻISTONLIK OLIMLAR – MARKAZDA
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qozogʻiston Respublikasi Fanlar akademiyasi R.Suleymanov nomidagi Sharqshunoslik instituti Bosh direktori prof. dr. Duken Masimxanuli boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar bilan muloqot chogʻida Markaz direktori dr. Shovosil Ziyodov ushbu muassasaning taʼsis etilish tarixi, maqsad va vazifalari, bugungi kunda olib borayotgan ilmiy faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi. …
Batafsil