Home / 2022 / Dekabr (page 2)

Monthly Archives: Dekabr 2022

ALI IBN SULTON AL-QORINING ISLOM ILMLARI RIVOJIGA QOʻSHGAN HISSASI (930/1524-1014/1604)

Mulla Ali al-Qori XVI asrning eng yetuk allomalaridan boʻlib, muhaddis, faqih, usul olimi, mufassir, mutakallim, mutasavvif, tarixchi, qiroat, munozara, lugʻat va nahv olimi va adib, oʻz asrining tengsiz namoyondasi hisoblanadi. U kishining ismi Ali, otasining ismi Sulton Muhammad boʻlgan. Hirotda tugʻilgani uchun “Hiraviy”, Makkada istiqomat qilgani uchun Makkiy nisbalari bilan …

Batafsil

MUHAMMAD AL-MUʼIZZIYNING “TASRIF UL-AFʻOL” ASARI SARF ILMI BOʻYICHA MUHIM MANBA

Maʼlumki, Movarounnahr mintaqasidan arab tili va uning grammatikasini chuqur tadqiq qilgan va dunyoga mashhur asarlar yaratgan koʻplab olimlar yetishib chiqqan.  Mazkur olimlarning ilmiy merosini oʻrganish, sarf va nahv boʻyicha davrimizga qadar yetib kelgan asarlarini tadqiq etish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.       Shunday olimlardan biri Muhammad ibn Abi al-Qosim …

Batafsil

NAQSHBANDIYA-MUJADDIDIYA TARIXINI OʻRGANISHNING MUHIM MANBASI

XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati tarixiga oid manbalarni oʻrganish bugungi kunda tasavvufshunoslik tadqiqotlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada yurtimiz olimlari[1] va xorijlik tadqiqotchilar[2] koʻplab izlanishlar olib borgan. Tadqiqotlarda talay manbalar[3] ilmiy muomalaga jalb etilgan. Shunday boʻlsa-da, oʻsha davr tarixiga doir qator manbalar hali-hanuz oʻz tadqiqotchilarini kutib turibdi. Shunday manbalardan biri Mirzo …

Batafsil

NAJMIDDIN UMAR NASAFIYNING MASHHUR USTOZ VA SHOGIRDLARI

Abu Hafs Umar Nasafiy oʻz davrining buyuk ulamolari, oʻz yurtining peshqadamlaridan ilm olgan. Allomaning ustozlari haqiqatdan ham asrining eng ilmli va yetuk olimlari edilar. Bu haqda “Hidoya” asarining muallifi quyidagicha yozadi: Najmiddin Umar Nasafiyning shunday deganini eshitganman: “Men besh yuz ellik shayxdan hadis rivoyat qildim”. Shuningdek, Margʻinoniy alloma ustozlarining ismlarini oʻzining …

Batafsil

MUSTAMLIY ODOBLARI (Abdulkarim Samʼoniyning “Adabul imlo val istimlo” asari asosida)

Abdulkarim Samʼoniyning hadis ilmi taʼlim metodologiyasiga bagʻishlangan “Adabul imlo val istimlo” asarida asosan ustoz-shogirdga tegishli odoblar, taʼlim berish va olish uslublari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Avvalgi maqolada mumliy – hadis rivoyat qiluvchi shayxning odoblari haqida maʼlumot berilgan edi. Bu safar mustamliy – hadis yozib oluvchi talabaning odoblari haqida soʻz boradi. “Adabul …

Batafsil

“UMDATUL QORIY” ASARINING YOZILISH USLUBI

Badriddin Ayniy – buyuk imomlarning imomi, oʻz asrining huffoz shayxi, faqih. Taqvodor, qoziyul quzzot, shayxulislom Badriddin Abu Muhammad Mahmud ibn Ahmad ibn Muso ibn Ahmad ibn Husayn ibn Yusuf ibn Mahmud Halabiy asli Aynatobiyda[1] 762 hijriy sana ramazon oyining 17 kunida[2] tavallud topgan va oʻsha yerda ulgʻaygan. Soʻng Qohiraga koʻchib borgan va …

Batafsil

Yangi kitobni Misrning bir yoʻla uchta nashri eʼtirof etdi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda “Hilol-nashr” matbaa-nashriyoti hamkorligida chop etilgan Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” asari oʻzbek tilidagi sharhi kitobi haqida Misrning Cairo 24.com elektron nashri, elbalad.news sayti hamda Al-Azhar universitetining “Al-Azhar ovozi” gazetasida chop etildi. Maqolalarda buyuk ajdodlarimizning islom ilmlari sohasidagi ilmiy …

Batafsil

Markaz ilmiy xodimlari Turkiyada malaka oshirmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ikki nafar ilmiy xodimi Turkiyaning Denizli viloyatidagi Pamukkale universitetining Islom ilmlari institutida malaka oshirish dasturini boshladi. Malaka oshirish dasturi mazkur universitet hamda Markaz oʻrtasida joriy yilning avgust oyida oʻzaro hamkorlikka oid imzolangan Anglashuv memorandumi asosida ishlab chiqilgan. Unda Markaz hamda universitetning Islom ilmlari oʻrtasida kelgusi besh yil …

Batafsil

DINIY KSЕNOFOBIYA VA ISLAMOFOBIYANING TURLI KOʻRINISHLARI INSON HAYOTIGA TAHDID QILAYOTGAN ASOSIY MUAMMOLARDANDIR

Bugungi kunda jahon siyosatida ekstremizm, diniy ksenofobiya va mutaassibona xatti-harakatlar kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bundan jabr koʻrib, dunyoning bir qancha nuqtalarida nafaqat rivojlanish, balki sivilizatsiyani bir necha oʻn yilliklar ortga surib, jamiyatni turli nizo va urushlar botqogʻiga tortib borayotganini guvohi boʻlishimiz mumkin. XX asrdagi (1940-1950 yy) mojarolarning 25% foizi din omili, …

Batafsil

GʻAZNALIK OLIMLAR IJODIDA MOTURIDIYLIK TAʼLIMOTI

Ushbu maqolada islom ilmlari, xususan, ahli sunna aqida maktablaridan sanaluvchi moturidiylik taʼlimoti rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan gʻaznalik ikki olim haqida soʻz yuritiladi. Bular Jamoluddin Gʻaznaviy va Sirojuddin Gʻaznaviylardir. Bulardan, Jamoluddin Ahmad ibn Muhammad ibn Mahmud Gʻaznaviy (vaf. 593/1197). Olimning hayoti haqida koʻp maʼlumot saqlanib qolmagan. Mashhur hanafiy faqihi Kosoniy va …

Batafsil