Home / 2022 / Oktabr (page 8)

Monthly Archives: Oktabr 2022

“MUSNADI KЕSHIY” – QADRI YUKSAK, SHAʼNI OLIY ASAR

Doktor Muhammad Nazir Ayyad – Al-Azhar islom tadqiqotlari majmuasi bosh kotibi (Misr): “Muntaxab min musnadi Abd ibn Humayd” nomli ushbu ulugʻ kitob – qadri yuksak, shaʼni oliy  asar boʻlib, ahli ilm va fan namoyandalari bunga shohidlik bergan. Bugun biz buyuk olim va hadis ilmi boʻyicha yozilgan eng yaxshi asarlardan birining …

Batafsil

OʻZBЕKISTONDA ILK BOR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olim­lari tomonidan buyuk ajdodimiz, Movarounnahrdan yetishib chiqqan dastlabki ulugʻ muhaddis, mufassir, faqih, hadis va tafsir ulamolarining qadri baland imom­laridan biri Abdulhamid Keshiyning mashhur “Musnad” asari ilk bor oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan va dunyoning yetakchi ulamolari tomonidan eʼtirof etilgan …

Batafsil

IMOM GʻAZZOLIYNING “MAQOSID UL-FALOSIFA” ASARI MUNDARIJASI: MAQSAD VA VAZIFALARI

Imom Gʻazzoliy (1058-1111) shaxsiyati ilm-fan taraqqiyoti va rivojida yuksak ahamiyat kasb etadi. U ilmiy faoliyati va hayoti bilan Sharq va Gʻarb falsafa ilmiga oʻz hissasini qoʻshib, gʻoyaviy-mafkuraviy, siyosiy, madaniy va axloqiy qarashlarning shakllanishiga favqulodda kuchli taʼsir oʻtkazdi. Mustaqillik yillarida mutafakkirning ilmiy merosini oʻrganishga katta eʼtibor qaratila boshlandi. Gʻazzoliyning hayoti, ilmiy-maʼnaviy …

Batafsil

NAQSHBANDIYLIKNING SOʻFI OLLOHYOR TARMOGʻI

Keyingi paytlarda naqshbandiya tariqati namoyandalarining hayoti, faoliyati va silsilasi toʻgʻrisida turli fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Oʻz navbatida har xil savollar yuzaga chiqmoqda. Bundan naqshbandiya va uning turli tarmoqlari hali ham mukammal oʻrganilmagani va tadqiqot uchun koʻplab muammolar borligi ayonlashadi. Avvalo mazkur tariqatning silsila va nasl-nasab zanjiriga eʼtibor qaratsak. Odatda tariqat silsilasi choriyorlardan …

Batafsil

Malayziyada Oʻzbekiston madaniy merosi hamda ziyorat sayyohligi salohiyatini targʻib etish boʻyicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Oʻzbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi koʻmagida Malayziya Islomni anglash instituti (IKIM), Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi vakillari ishtirokida onlayn  uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida respublikaning boy maʼnaviy-madaniy merosini oʻrganish, “Oʻzbekiston – buyuk allomalar yurti” gʻoyasini yanada ommalashtirish, …

Batafsil

TASAVVUF – ILM, FALSAFA, TARBIYA VOSITASI, OʻRGATUVCHI VA BILDIRUVCHI TAʼLIMOT

Samarqandda “Markaziy Osiyo tasavvuf tariqatlarining ijtimoiy hayotdagi roli” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Anjuman Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA), Ahmad Yassaviy nomidagi Qozogʻiston — Turkiya xalqaro universiteti va Nur-Muborak Misr islom madaniyati universiteti huzuridagi …

Batafsil

ISLOMSHUNOSLIKDA “MAʼRUZA (MUHODARA) ILMI”NING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI

Koʻpgina islomshunos va tarixchi olimlar islom tamadduniga hissa qoʻshgan asarlarning yaratilishini ikkinchi hijriy asrga, yaʼni Qurʼoni karim, Hadisi sharif va ular bilan bogʻliq ilmlarga bagʻishlangan asarlarni yaratish, shuningdek, chet tilida yozilgan ilmiy asarlarni tarjima qilish bilan bogʻlaydi. Haqiqat shuki, (ilmiy asarlarni) yozish va yaratish arab yoki forslarning ustunligi bilan emas, …

Batafsil

ISLOMDA PAYGʻAMBARLAR MAVQЕI

Yakkaxudolikka asoslangan dinlarda paygʻambarlar Parvardigor va insonlar orasidagi vositachi, yaʼni ilohiy irodaning xabarchisi hisoblanadi. Paygʻambarlikka oid savollar islom aqidasi va ilohiyotidagi markaziy masalaga aylandi. Sababi, paygʻambar (nabiy) va elchilar (rosul)ga boʻlgan ishonch (eʼtiqod) imon ruknlarining biri sanaladi. Bunga dalil sifatida Qurʼondan: “Paygʻambar (Muhammad) (S.A.V.) oʻziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi …

Batafsil